Yalpizkabilar-Labiadae sinfcha (ajdodcha)si

Yalpizkabilar-Labiadae sinfcha (ajdodcha)si

O'quvchilarga / Botanika
Yalpizkabilar-Labiadae sinfcha (ajdodcha)si - rasmi

Material tavsifi

Yalpizkabilar-Labiadae sinfcha (ajdodcha)si Yalpizkabilar-Labiadae sinfcha (ajdodcha)si Gazako'tnamolar - Gentianales qabilasi Ro'yannamolar-Rubiales Kendirnamolar-Apocinales Ituzumnamolar-Solanales qabilasi Pechaknamolar-Convolvulales qabilasi. Govzabonnamolar -Boraginales Sigirquyruqnamolar-Scrophulariales Yalpiznamolar-Labiales qabilasi Floksnamolar- Polimoniales Zaytunnamolar- Oleales Balchiqo'tnamolar- Callitrachales Suvkokilnamolar - Hirpiruridales Gazako'tnamolar - Gentianales qabilasi Gazako'tdoshlar - Gentianaceae oilasi Oilaga mansub o'simliklar ko'p yillikdir, yer yuzida oilaning 83 turkumi 1050 turi o'sadi. O'zbekistonda 4 turkumga kiruvchi 17 turi uchraydi. Gullari aktinomorf, 2 jinsli. Yerbaxo -gazako't -Geniiana oliveri. Ko'p yillik o't, bo'yi -10-30-40 sm. Ildiz bo'g'zidagi barglar to'pbarg gul (rozetka) hosil qiladi. Gulkosa va tojbarglari 4-5 a'zoli. Qo'ng'roqsimon, o'zaro tutashgan. Gullari ko'k-siyoh rangli, poya uchida joylashgan, xushbo'y hidga ega. Butun tanasida shifobaxsh, achchiq glikozid moddasi ko'p bo'ladi. Xalq tabobatida ishtahani ochish, oshqozon-ichak, bezgak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Dastasi quritilib, uyning shiftiga osib qo'yiladi. Respublikamizning barcha viloyatlarida, adirlarda va toshli tog' yonbag'irlarida o'sadi. Ituzumnamolar-Solanales qabilasi Bu qabila bir-biriga juda yaqin 5 ta oilani o'z ichiga oladi. Ituzumdoshlar-(Solanaceae) oilasi. Yer yuzida oilaning 90 turkumga mansub 300 turi bor. O'zbekistonda 7 ta turkumga oid 25 turi o'sadi. Oila vakillari ko'p yillik o't va ayrim butalardan iborat. Barglari oddiy yoki patsimon qirqilgan, ketma-ket joylashgan. Ko'pchilik turlarining gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulkosachasi, gultojibarglari va changchisi 5 tadan. Mevasi rezavor yoki ko'sakcha. Gul formulasi: *♀♂ Ca(5) Co(5) A5 G2 Oila vakillari alkoloidli o'simliklar jumlasiga kiradi. Bir qancha vakillari ovqat va sabzavot o'simlik, ba'zilari narkotik yoki manzarali o'simlik sifatida ekiladi. Masalan, bir qancha turkumlaridan - Са(5-10) Со(5-10) А5-10 G(2-10) Qalampir-(garmdori)-Capsicum Bu turkumning keng tarqalgan turlaridan biri qalampirdir. Bir yillik o't o'simlik. Gullari yakka o'rnashgan. Mevasi qizil rangda. Urug'i rezavor meva. Mevasi A va C vitaminlarga boy. Ituzum - Solanum. Bir va ko'p yillik o't ba'zan chala buta o'simlik. Bu turkumning 1300 turi ma'lum. Ko'pchilik turlari xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega.o'simliklardir. Uning vatani Janubiy Amerika ya'ni Chili davlati hisoblanadi. Pomidor-Lycopersicon. Bir yillik o't o'simlik bo'lib, sabzavot o'simlik sifatida ekiladi. Pomidorning mevasi C, B, B6, P, PP, K vitaminlar va korotinga juda boy. Paq-paq (fizalis) - Physalis. Soya joylarda o'sadigan bir yillik o't o'simlik. O'zbekistonda 4 ta turi o'sadi. Chinq'il-Lysium. Tikanli buta o'simlik. Bu turkumning qora chinqil (L.ruthenicum) turi manzarali o'simlik sifatida keng tarqalgan. Mingdevona -Hyoscyamus. O'zbekistonda bu turkumning 5 turi uchraydi. qora mingdevona (H.niger) turi ko'p tarqalgan. Bu o'simlik ikki yillik, uning poya va barglari mayin tuklar bilan qoplangan. Zaharli giastsiamin va boshqa bir qancha alkoloidlarga boy bo'lgani uchun tibbiyotda qo'llaniladi. Tamaki (Nicotiana) - Buta yoki o't o'simlik bo'lib, tropiklarda o'sadi. Chilim tamaki (N.tabacum) yirik bargli, bir yillik o't o'simlik. Barglarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64.04 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64.04 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga