MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika Mavzu: Yashil suvo'tlar bo'limi Reja: 1.Suvo'tlarining bo'limlari (yashil suvo'tlar) va ularning tuzilishi. 2. haqiqiy yashilsimonlar sinfi vakillari 3. Konyugatsimon yoki matashuvchilar sinfi vakillari Bo'lim. Yashiltoifa (Chlorophycophyta) suvo'tlar Yashil suvo'tlarning xromatoforlarida faqat xlorofill bo'lib, boshqa pigmentlar bilan niqoblanmaganligi uchun yashil rangda ko'rinadi. Ular, bir hujayrali, ko'p hujayrali va koloniya bo'lib yashaydi. Hujayralari sirt tomondan tsellyuloza bilan qoplangan. Hujayra ichida tsitoplazma, vakuola (rangsiz shirasi bilan to'lgan), bitta, bazan bir nechta yadro va xromator bo'ladi. Xromatoforining shakli xilma - xil, yani spiral, to'rsimon, tasmasimon. Xromatofor ichida pirenoid joylashgan. Pirenoid tevaragida, asosan kraxmaldan iborat zapas oziq moddalar to'planadi. YaShIL SUVO'TLARNING TARQALIShI Yashil suvo'tlar bahorda sernam tuproqli yerlar yuzasida, daraxtlar po'stlog'ida, to'nkalar atrofida yashil g'ubor hosil bo'ladi; yozda oqmaydigan ariq, hovuz va ko'lmak suvlari yashil rangga kiradi, bular bir hujayrali suvo'tlardir. Yashil suvo'tlarining ko'payishi Vegetativ Jinssiz Jinsiy Ko'payishi Vegetativ ko'payishi -tallomi bir qancha qismlarga bo'linadi. Jinssiz ko'payish -zoosporalar yordamida boradi. Xivchin, protoplazma, xromatofor, bitta yoki bir qancha yadrolarga ega bo'lgan harakatchan noksimon tanachalar zoospora deyiladi. Zoosporalarning sirti protoplazma pardasi bilan o'ralgan bo'ladi. Tsitoplazmaning organoidlaridan tashqari, yana xivchinlari, qizil ko'zchalari, tebranuvchi vakuolalari bo'ladi. Zoosporalar (bir yoki bir necha) zoosporangiyda hosil bo'ladi. Ular zoosporangiydan chiqadi, malum masofaga so'zib borib, to'htab, po'st hosil qiladi va o'sib yangi individga aylanadi. Bazi, suvo'tlarda spora reduksiyalangan bo'lib, aplanospora (harakatsiz spora) deyiladi. Aplanasporalarda xivchin bo'lmaydi, ona hujayra ichida po'st hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish Izogamiya Geterogamiya Oogamiya -rivojlanishi va tuzilishi jihatidan zoosporalarga o'xshashdigan ikkita bir xil harakatchan gametaning qo'shilishi -harakatchan bo'lgani bilan katta-kichik ikkita gametaning qo'shilishi (kattarog'i- urg'ochi, kichikrog'i -erkak) -harakatlanmaydigan yirik tuxum hujayrasining xivchinlari bor kichik spermatozoid bilan qo'shilishi SUVO'TLARNING JINSIY KO'PAYIShI Yashil suvo'tlar bo'limi haqiqiy yashilsimonlar (Chlorophyceae) sinfi- jinssiz ko'payishi- zoosporalar vositasida; jinsiy Ko'payish - izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo'li bilan Konyugatsimon yoki matashuvchilar (Conjugastophyceae) sinfi- Zoosporalar hosil qilmay; jinsiy ko'payishi - gametalarga differensiyalashmagan ikkita vegetativ hujayraning qo'shilishi, yani konyugatsiya yo'li bilan Xarasimonlar (Charophyceae) sinfi- Zoospora va aplanospora hosil qilmaydi, jinsiy ko'payish - oogamiya yo'li bilan boradi. haqiqiy yashilsimonlar sinfi-Chlorophyceae Mazkur sinf turlarga boy bo'lib, 4 ta qabilaga bo'linadi: Volvoksnamolar-Volvocales Protokoknamolar (xlorokoknamolar)- Protoccales Ulotriksnamolar-Ulothrichales Sifonnamolar -Sipxonales 1.Volvoksnamolar-Volvocales Qabilaga mansub suvo'tlar bir hujayrali yoki koloniyali organizmlar bo'lib, plankton holda yashaydi. Ular harakatsiz shilimshiq koloniya shaklida bo'ladi. Qabilaning tipik vakili: Vakili: Xlamidomonada -Chlamidomonada va Vakili: Volvoks-Volvox 1. Qabila: Volvoksnamolar-Volvocales Xlamidomonada -Chlamidomonada Volvoks-Volvox Xlamidomonada yunoncha: xlamido- kiyim, monada oddiy organizm, degan manoni bildiradi. Xlamidomonada noksimon shaklda. Tashqi tomondan pektin moddali po'st bilan o'ralgan, hujayra ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
762.54 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
762.54 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: pptx