Yashil suvo'tlari bo'limi Reja: 1. Yashil suvo'tlar bo'limining tallom tuzilishi va hujayrasidagi pigmentlari. 2. Yashil suvo'tlar bo'limining ajdodlarga va qabilalarga bo'linishi. 3. Volvokslar qabila va ularning asosiy vakillari. 4. Protokokklar qabilaning umumiy tavsifi, muhim vakillari va xo'jalik ahamiyati. 5. Ulotrikslar va Edogoniumlar qabilalarining umumiy tavsifi va muhim vakillari. 6. Sifonlilar va Sifonokladiallar qabilalarining umumiy tavsifi va muhim vakillari. 7. Konyugatlar yoki matashuvchilar ajdodi. 8. Xaralar yoki nurlilar ajdodi. ww Tallomli, yadroli plastidli avtotrof o'simliklar - Talladiontha eucaryata. Hozircha bu bo'limning 360 avlod va 5700 turi ma'lum, Ular chuchuk va sho'r suvlarda, zah yerlarda, ba'zi turlari esa hatto, yer betida quruq joylarda ham yashaydi. Yashil suvo'tlar sof, tiniq yashil rangli bo'ladi, chunki xromatoforida qo'shimcha bo'yoqlar bo'lmaydi. Bu bo'limga mansub o'simliklar bir hujayrali, koloniyali va ko'p ho'jayrali suvo'tlari kiradi. Yashil suvo'tlarning hujayra tuzilishi differensiyalangan bo'lib, po'st, protoplazma, yadro va xromatoforga aniq ajralgan. Umuman, ularning hujayra tuzilishi yuksak o'simliklarning hujayra tuzilishiga o'xshaydi. Juda sodda tuzilgan yashil suvo'tlarning hujayrasi hamda gametalari yalong'och holda, ba'zan, hujayrasida kletchatka, pektindan iborat qalin po'st bo'ladi. Protoplazma yopishgan holda bo'lib, uning ichida bitta yoki bir nechta yadro joylashgan. Xromatoforining shakli xilma-xil bo'lib, ustki qatlamida joylashgan. Ichki tuzilishi esa yuksak o'simliklarning xlorofill donalari tuzilishiga o'xshaydi. Xromatofor tanachalari xlorofillga to'yingan oqsil va lipoidlardan tuzilgan bo'lib, ichida pirenoidlar ham joylashgan. Pirenoidlar yumaloq tanachalar bo'lib, uning atrofida asosan kraxmaldan iborat zapas oziq moddalar to'planadi. Hujayra markazini esa rangsiz hujayra shirasi bilan to'lgan vakuolalar tashkil etadi. Fotosintez mahsuloti sifatida asosan kraxmal , ba'zilarida yog'lar to'planadi. ww Ko'payishi. Yashil suvo'tlarning ko'payshi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'l bilan boradi. Nasllarining gallanishi esa bularda yaxshi ifodalangan. Taraqqiyot davrida ustunlik qiluvchi nasl gametofitdan iborat. Vegetativ ko'payshi tallomining bir qancha qismlarga bo'linishi bilan boradi, jinssiz ko'payishi esa zoosporalar vositasi bilan sodir bo'ladi. Xivchin, protoplazma xromatofor, bitta yoki bir qancha yadrolarga ega bo'lgan harakatchan noksimon tanachalar zoospora deb ataladi. Zoosporaning mustaqil harakat qiluvchi, boshqa bir hujayrali organizmlardan farqi zoosporada kletchatkali po'st bo'lmaydi. Sirt protoplazma pardasi bilan o'ralgan bo'ladi. Sitoplazmaning organoidlardan tashqari, xivchinlari, qizil ko'zchalari, tebranuvchi vakuolalari ham bo'ladi. Zoosporalar hosil bo'ladigan joy zooporangiy deb ataladi. Zoosporangiyda bir yoki bir qancha zoosporalar hosil bo'ladi. Ular zoosporangiyda chiqadi, ma'lum masofaga so'zib borib, to'xtab, po'st hosil qiladi va o'sib yangi individga aylanadi. Ba'zan yashil suvo'tlardagi reduksiyalangan spora, ya'ni aplanospora harakatsiz sporalar vositasi bilan ham ko'payadi. Aplanosporalarda xivchin bo'lmay, ona hujayra ichida po'st vujudga keladi. Yashil suvo'tlarning jinsiy ko'payshi ham har xil bo'lib, u asosan 3 tipga bo'linadi. 1)izogamiya; 2)geterogamiya; 3) oogamiya. ww Izogamiyada ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.13 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: ppt