Yashil suvo'ttoifa bo'limi

Yashil suvo'ttoifa bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Yashil suvo'ttoifa bo'limi - rasmi

Material tavsifi

YASHIL SUVO'TTOIFA BO'LIMI YASHIL SUVO'TTOIFALAR BO'LIMI - CHLOROPHYTA Reja: 1.Yashil suvo'ttoifalar bo'limi (chlorophyta) tavsifi 2.Yashil suvo'ttoifalar klassifikatsiyasi. 3.Kelib chiqishi va evolyusiyasi. Tarqalishi va ahamiyati. YAshil suvo'ttoifalari bo'limining hujayra tarkibida xlorofill a va v miqdori boshqa karatinoidlarga (A-V-karotin, lyutein, neoksantin, violaksastin, zeaksantin, anteroksantin)larga nisbatan ko'p bo'ladi. SHuning uchun ularni rangi tiniq yashil rangda bo'ladi. . Xloroplastlar ikki qavat membrana po'st bilan qoplangan, xloroplastni endoplazmatik to'rchasi bo'lmaydi. Lamellalari ikkita-oltita yoki juda ko'p bo'lib, tilakoidlar bilan tutashib ketgan. Assimilyasiya mahsuloti kraxmal-xloroplast ichidagi stroma va pirenoid atrofida to'planadi. Qizil ko'zchasi xloroplast ichida joylashgan bo'lib, xivchin apparati bilan ulashib ketgan. Xivchinlari ikkita, to'rtta va ba'zan ko'p bo'lib, bir xil uzunlikda (izokant) va bir xil tuzilishda (izomorf), silliq yoki juda ham yupqa tukchalar - mastigonemolar bilan qoplangan. Ko'pchilik suvo'tlarining hujayrasidagi sitoplazma membranasi sellyulozali po'st bilan qoplangan. Ko'payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'l bilan bo'ladi. Jinsiy ko'payish taraqqiyot siklida (gaploid, dip­loid, izo va geteromorf) generatsiyalari uchraydi. YAshil suvo'ttoifalarining rangi, yuksak o'simliklar rangiga o'xshash. YAshil suvo'ttoifalari va yuksak o'simliklarning assimilyasiya mahsuloti kraxmal. Ko'pchilik yashil suvo'ttoifalarning hayotida, xuddi yuksak o'simliklarnikiga o'xshash nasllarni to'g'ri gallanishi: jinsiy va jinssiz va nihoyat yashil suvo'ttoifalarni ba'zi vakillari suvdan chiqib, yuksak o'simliklarga o'xshash quruqlikda o'sishga moslashgan. Yashil suvo'ttoifalar klassifikatsiyasi. Bo'lim 3 ta ajdodga bo'linadi: Chin yashil suvo'ttoifalar yoki teng xivchinlilar - Shloropsida, Isocantae ajdodi. 2. Matashuvchisimonlar - Conjugatopsida 3. Xarasimonlar - Charopsida Qabila: Volvoksnamolar - Volvocales Turkum: Xlamidomonada - Chlamydomonas Turkum: Volvoks - Volvox Qabila: Xlorokokknamolar - Chlorococcales Turkum: Gidrodiksion - Hydrodictyon Turkum: Pediastrum - Pediastrum Turkum: Xlorella - Chlorella Turkum: Ssenedesmus - Scenedesmus. Qabila: Uloktriksnamolar - Ulotrichales Turkum: Uloktriks - Ulotrix Turkum: Ulva - Ulva Ko'pchilik volvoksnamolar tartibining vakillarida hujayra to'zilishi xlamidomonada va gematokokklarnikiga o'xshash bo'lib, harakat­chan senobiy hosil qiladi. Ular har xil shaklda bo'ladi. Senobiy shakldagi volvoksnamalarga gonium (Gonium), pandarina (Pandarina), evdarina (Eudarina), volvoks (Volvox) turkum vakillari kiradi Gonium bir qator plastikasimon hujayralarni joylashishidan ho­sil bo'ladi. Bizda eng ko'p tarqalgan turlardan Gonium pestorale hi­soblanadi, uni senobiysi 16 hujayradan iborat. Goniumning hujayralari o'zaro paralell hujayra po'stidan chiqqan shilimshiq modda bilan qo'shi­lib, xivchinli tomoni plastinkaning sirtiga qarab joylashgan. Pandarina va evdarinani senobiysi mikroskopik kichiklikda bo'lib, har bir hujayrasi ayrim holda xlamidomonadani eslatadi. Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipsimon bo'lib, diametri 2-3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500-600 mingga etadi. Volvoksni har bir hujayrasi gematokokk hujayrasini eslatadi Hydrodictyon reticulatum - suv turi senobial makroskopik bo'lib, hamma tomoni berk silindrga o'xshaydi bo'yi 0,5 m ga, eni 10-15 sm ga etadi. Hujayra devori to'r shaklida bo'lib, u yirik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.49 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.49 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga