Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipi

Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipi

O'quvchilarga / Botanika
Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes) tipi - rasmi

Material tavsifi

YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES)TIPI Yassi chuvalchanglar - eng tuban tuzilgan bilateral simmetriyali hayvonlar. Ularning tanasi orqali faqat bitta simmetriya chizig'ini o'tkazish mumkin. Ko'pchilik yassi chuvalchanglarning tanasi cho'ziq bo'lib, dor-zo-ventral (orqa-qorin) yo'nalishida yassilashgan. Yassi chuvalchanglar - uch qavatli hay vonlar. Ontogenezda ularning to'qima va organlari uchta mo'rtak varaqlaridan, xususan tana qoplagi-chini hosil qiladigan ektodermadan, ichakni hosil qiladigan endodermadan va ular oraligida joylashgan mezodermadan kelib chiqadi. Yassi chuvalchanglar tanasi to'qimalari bir necha qavat bo'lib joy- lashib, ichki organlarni xaltaga o'xshash o'rab turadigan teri-muskul xal- tasini hosil qiladi. Teri-muskul xaltasi sirtqi epiteliy va uning ostida yaxlit qavat bo'lib joylashgan muskul tolalaridan iborat. Odatda muskullar ham halqa vabo'ylamamuskul qavatlarini hosil qiladi. Yassi chuvalchanglarn- ing tana bo'shlig'i bo'lmaydi. Ularning ichki organlari atrofi mezodermadan hosil bo'ladigan g'ovak biriktiruvchi to'qimadan iborat parenxima bilan to'lgan. Parenxima tayanch, zahira oziq moddalarni to'plash vazifasini ham bajaradi. Parenxima moddalar almashinuvida ham ahamiyatga ega; unda har xil hujayralar joylashgan . Yassi chuvalchanglarning ichagi sodda tuzilgan bo'lib, ektodermal old-ingi ichak-halqumdan va endodermal o'rta ichakdan iborat. Orqa ichak va orqa chiqaruv teshigi bo'lmaydi. Bir qancha parazit turlarining ichagi yo'qolib ketadi. Nerv sistemasi bir juft oldingi gangliylardan va ulardan orqaga qarab ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Ayirish sistemasi pro-tonefridiy tipida tuzilgan bo'lib, keng tarmoqlangan naychalar sistemasidan iborat. Naychalarning parenximadajoylashgan uchi berk qismi bir tutam kipriklarga ega bo'lgan yulduzsimon hujayralar bilan tutashgan. Naylar maxsus chiqarish (ekskretor) teshik orqali tashqt muhitga ochiladi. Jinsiy sistemasi germafrodit bo'lib, jinsiy hujayralar hosil qiladigan jinsiy bezlar-dan va jinsiy hujayralarni o'tkazadigan naychalar - jinsiy yo'llardan ibo-rat. Qon aylanish va nafas olish sistemalari rivojlanmagan. Yassi chuvalchanglar tipiga kiprikli chuvalchanglar, so'rg'ichlilar, monogeneyalar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar sinfi kiradi. KIPRIKLI CHUVALCHANGLAR (TURBELLARIA) SINFI Kiprikli chuvalchanglarning tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplan-gan cho'ziq bargsimon shaklda bo'ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari quruqlikda ham uchraydi. Teri-muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglarning tana uzunligi bir necha mm dan bir necha sm ga yetadi. Ayrim turlari (oq planariya) tanas-ining oldingi qismida paypaslagichga o'xshash kalta o'simtasi bo'ladi (47-rasm). Tanasi silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qop-langan. Ayrim turlarida sitoplazmaning yadro joylashgan qismi parenximasiga chuqur botib kirishi tufayli alohida hujayralar orasidagi chegara yo'qolib ketadi. Tana qoplag'ichining bu tipi botib kirgan epiteliy deyiladi. Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to'p bo'lib, qadah-simon yoki noksimon bezli hujayralar joylashgan. Bunday hujayralar teri bezlari deyiladi. Shunday hujayralardan bir xili tayoqchasimon rabditlar hayvon ta'sirlanganida tana yuzasiga otilib chiqib bo'kadi va tana sirtini qoplab turadigan moddani hosil qiladi. Epiteliy ostida bazal membrana deb ataladigan elastik plastinka, uning ostida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.2 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.2 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga