Yeryong'oq, Qalampir, yalpiz, jag'-jag' o'tkir barg sano, anissimon arpabodiyon o'simliklar o'stirish texnologiyasi

Yeryong'oq, Qalampir, yalpiz, jag'-jag' o'tkir barg sano, anissimon arpabodiyon o'simliklar o'stirish texnologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Yeryong'oq, Qalampir, yalpiz, jag'-jag' o'tkir barg sano, anissimon arpabodiyon o'simliklar o'stirish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yeryong'oq, Qalampir, yalpiz, jag'-jag' (achambiti) o'tkir (nayza) barg sano, anissimon (oddiy) arpabodiyon o'simliklar o'stirish texnologiyasi Reja: Yeryong'oq Qalampir yalpiz Jag'-jag' (achambiti) O'tkir (nayza) barg sano Anissimon (oddiy) arpabodiyon Yeryong'oq (araxis) - Arachis hupogaea L., dukkakdoshlar - Leguminosae oilasiga kiradi. Yeryong'oq bir yillik o't o'simlik. Ildizida dukkakli o'simliklarga xos tuganaklari bo'ladi. Poyasi tik o'suvchi, sershox, uzunligi 10-75 sm. Bargi juft patli murakkab bo'lib, uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg qo'ltig'idan o'sib chiqqan sariq rangli gullari ro'vakka yoki shingilga to'plangan. Kosacha bargi beshta, birlashgan, toj bargi beshta, dukkaklilar oilasiga xos tuzilgan. Guli bir kunlik. Otalanish protsessidan so'ng kosacha, tojbargi va otaliklari quriy boshlaydi. 2-3 kundan keyin onalik tuguni joylashgan gul bandi oldin yuqoriga, keyin esa pastga qarab o'sib, yerga 8-10 sm kiradi va yer ostida onalik tugunidan meva o'sa boshlaydi. Mevasi - pilla yoki silindr shaklida, pishganda ochilmaydigan dukkak. Meva ichida 2-4 ta (bazan 1-7 ta) urug' bo'ladi. Urug'i qo'ng'ir yoki och, to'q qizil po'st bilan o'ralgan cho'ziq yoki yumaloq bo'lib, ikkita urug' palladan tashkil topgan. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi sentyabr oylarida pishadi. Geografik tarqalishi. Yeryong'oqning vatani Janubiy Amerika. Yeryong'oqning tik o'suvchi navi Sobiq Ittifoq janubiy hududlarida: Krasnodar o'lkasida, Ukraina janubida, Ozarbayjon, Gruziya va O'rta Osiyo Respublikalarida ekiladi. Kimyoviy tarkibi. Yeryong'oq urug'i tarkibida 40,2-60,7% moy, 20-33,7% oqsil moddalar bo'ladi. Yeryong'oq moyi och sariq rangdagi tiniq suyuqlik bo'lib, o'ziga xos hid va mazaga ega. Bu moy qurimaydigan yog'larga kiradi, tarkibida 70% olein, 13-19% linolen va 15% to'yingan kislotalarning glitseridlari bo'ladi. DF IX bo'yicha moyning solishtirma og'irligi 0,916-0,921, refraksiya soni 1,468-1,472 qotish harorati 3°C, sovunlanish soni 188-195 va yod soni 85-103, kislota soni 2 dan oshmasligi lozim. Ishlatilishi. Tibbiyotda eryong'oq moyi surtma dorilar, uchuvchan surtmalar (Linimentum volatile) va mingdevona moyi - Oleum Hyoscyami tayyorlashda ishlatiladi. Texnikada samolyotlar vintini moylashda, oziq-ovqat sanoatida esa margarin tayyorlashda ko'llaniladi. Shuningdek, eryong'oq moyidan sovun ham tayyorlanadi. Yeryong'oq magzi konfet va xolva tayyorlashda ishlatiladi. Yeryong'oqni o'stirish texnologiyasi Yeryong'oqning vatani Braziliya bo'lib, Xitoy, Yaponiya, Birma, AQSH, Italiya va Afrika mamlakatlarida katta maydonlarda ekilib kelinadi. O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida etishtirsa bo'ladi. Yeryong'oq faqat sug'oriladigan bo'z tuproqlarda ekilsa yuqori hosil etishtirish mumkin. Og'ir qumoq, sho'r va botqoq tuproqlarga eryong'oq ekish tavsiya qilinmaydi. Almashlab ekishda bug'doy, arpa, makkajo'xori, kartoshka va ildizmeva ekilgan maydonlar eryong'oq uchun eng mo'tadil yerlar hisoblanadi. U azot to'plovchi o'simliklar turiga kiradi va ko'plab tuganaklar hosil qiladi, yani tuproqni azot bilan boyitadi va undan bo'shagan erlarga boshoqli va makkajo'xori ekilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Yeryong'oq ekiladigan erlarni kuzda gektariga 15-20 tonna ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.36 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.36 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga