Yil fasllari Yoz Yoz to'rt fasldan biridir. Yoz fasli bahor va kuz fasllarining orasida joylashgan bo'lib, eng issiq fasldir. Yoz fasli shimoliy yarimsharda eng uzun kundan boshlab, tengkunlikgacha davom etadi. Bu fasl Shimoliy yarimsharda 22 iyundan 22 sentabrgacha, Janubiy yarimsharda esa 22 yanvardan 21 martgacha davom etadi. Yoz - yilning eng issiq fasli; mo''tadil mintaqada (mas, O'zbekistonda) iyun, iyul, avg . oylari Yo. hisoblanadi. Xalq orasida yilning issiq yarmi Yo. deyiladi. Yoz faslining astronomik davomiyligi 93,6 sutkadan iborat. Ba'zi tarixiy manbalarda, chunonchi, Bobirnomada bahor fasli Yo. deyilgan. Yoz fasli inson organizmi uchun eng kerakli fasllardan biridir. Yoz fasli, inson sog'lig'i uchun juda zarur bo'lgan, suyaklarning rivojlanishi uchun katta dastak beradigan D vitaminiga boydir. Chunki D vitamini eng yaxshi quyosh nurlari bilan insonga o'tadi. Quyoshda toblanish bod kasali bilan og'rigan odamlar uchun ham juda foydali. Meva, sabzavot va boshqa o'simliklar ham yoz faslida pisha boshlaydi. Yozning juda qattiq jazirama issiq kunlari inson sog'lig'i uchun zararlidir, haddan ziyod oftobda toblanish ham inson terisiga zarar berishi mumkin. Kuz Kuz, yoz va qish orasida joylashgan fasl bo'lib shimoliy yarimsharda sentabr, oktabr va noyabr oylaridan, janubiy yarimsharda esa mart, aprel va may oylaridan iborat. Kuz - yil fasli, mavsum. Yerning Shim. yarim sharida ko'zgi teng kunlik (23 sentyabr) dan qishki Quyosh turishi (21 yoki 22 dekabr) gacha davom etadi. Shartli ravishda sentyabr, oktyabr, noyabr oylarini K. deyiladi. Bu vaqtda Yerning Jan. yarim sharida bahor. Kuz fasli kelganda asta-sekin kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. Sovuq, shamolli va yomg'irli kunlar ko'payadi. Daraxt vao'simliklarning barglari sarg'ayib qurishga boshlaydi. Qish Qish to'rt fasldan biri bo'lib, kuz va bahor fasllarining orasida joylashgan eng sovuq fasldir. Qish fasli 3 oydan iboratdir. Shimoliy yarimsharda: Dekabr, Yanvar va Fevraldan, Janubiy yarimsharda esa: Iyun, Iyul va Avgustdan. Bu faslda iqlim darajasi minusga qarab tusha boshlaydi. Shu sababli sovuq yog'ingarchiliklar orta boshlaydi. Qish - yil fasllaridan biri. Mo''tadil mintaqalarda (shu jumladan, O'zbekistonda) dekabr, yanvar va fevral oylarini o'z ichiga oladi. Q. faslining astronomik davomiyligi o'rtacha 89,0 sutkadan iborat. Q.ning boshlanishi deb Quyoshning qishki turish nuqtasidan o'tishi kunlari (21 - 22 dekabr) qabul qilingan. O'zbekistonda Q. fasli xiyla sovuq keladi. Eng sovuq oy - yanvarning o'rtacha t-rasi tekisliklarda (Ustyurt. Churuk st-yasi) - 10°, jan. sharqda (Temir, Sherobod) 2-3°, mutlaq past t-ra jan.da -25°, -30° va shim. g'arbda -35°, -38. Lekin tekisliklarla Q.da ham 15-20°, tog'larda 5-10° gacha iliq kunlar bo'lib turadi (q. Yil fasllari). Bahor Bahor fasli, to'rt fasldan biri bo'lib qish va yoz fasllarining o'rtasida ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.34 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.34 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: ppt