Reja: 1. Moyli urug'lar tarkibidagi aralashmalar turlari. 1.1.Aralashmalar turlari. 1.2.Aralash moddalarning ishlab chiqarishga va moy sifatiga ta'siri. 2. Moyli urug'larni tarkibidagi aralash moddalarni tozalash usullari. 2.1.Moyli urug'larni aralash moddalardan tozalash usullari. 2.2.Moyli urug'larni aralash moddalardan tozalash uskunalari. 2.3. Paxta chigitini aralash moddalardan tozalash. 1. Moyli urug'lar tarkibidagi aralashmalar turlari 1.1.Aralashmalar turlari. Yog'li aralashmalar singan, ezilgan, po'chog'i chaqilgan, mag'zi ezilgan urug'lardan iborat, ular chigit va boshqa urug'larni saqlashda katta zarar yetkazadi, havodagi namlik va kislorod ta'sirida buzilib, yog' kislotalar, ketonlar va boshqa har xil uchuvchan moddalarga parchalanadi va buzila boshlaydi. Natijada yog'ning sifati buziladi. organik aralashmalarga g'o'za po'chog'i, barglari, qog'oz, paxta tolalari va xas-xashaklar kiradi. Bunday aralashmalar urug'ini tez qizdirib yuboradi va olinadigan yog'ning sifatini buzadi, yog' olishda mashinalarning ayrim joylariga tiqilib qoladi, avariyaga olib kelishi mumkin. Anorganik aralashmalar mineral va metall turlariga bo'linadi. Mineral aralashmalar tosh, qum, tuproq, metall aralashmalari temir qismlari, mix, bolta va shunga o'xshashlardan iborat. Bo'larning miqdori 1-10% bo'lishi mumkin. Bunday aralashmalar texnologik uskunalarni ishdan chiqaradi, sindiradi va yong'inga sabab bo'lishi mumkin. Moyli urug'larning tozalik darajasiga ko'ra 3 ta kategoriyaga: toza, o'rtacha toza va iflos bo'ladi. 1.2. Aralash moddalarning ishlab chiqarishga va moy sifatiga ta'siri. Yog'li urug'larni uzoq saqlash uchun va qayta ishlash texnologiyasi buzilmasligi uchun ular tozalanadi. Aralash moddalar moyli urug'larni moy zavodlariga tashishda halq xo'jaligiga zarar yetkazadi. Tozalanmagan urug'larni omborlarda saqlaganda ular tarkibidagi begona aralash moddalar foydali ishlab chiqarish maydonlarini egallaydi va buning natijasida saqlashdagi sarf xarajatlar ko'payadi. Ifloslangan urug'lar, tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta'sir etadi, moyning chikitga chiqishini ko'paytiradi, qurilma va mashinalarni yeyilishini va sinishini ko'paytiradi, mashinalarni ish unumdorligini pasaytiradi va ishlab chiqarishda antisanitariya holatlarini yuzaga keltiradi. Mineral aralashmalar elak, valik, pichok va qovurish qasqonlarini ostini yeyilishini tezlashtiriladi. Ular kunjara va shrot tarkibiga qushilib kolib ular tarkibidagi oqsil moddasi miqdorini kamaytiradi va uning natijasida ularning oziqaligi kamayadi. Ular moyni uziga yutib kunjara va shrotning moyligini oshiradi va buning natijasida moyning yuqolishi ko'payadi. Moy tarkibiga utib moyga tuproq mazasini hosil qiladi, moyga utishi natijasida ular tarkibidagi mikroorganizmlar ham moyga utib moyni buzilishigi sabab bo'ladi. Bo'lardan tashqari tayyorlov bo'limlarida urug'ni tozalashda chang hosil qilib qiyin mehnat sharoitini hosil qiladi. organik aralash moddalar asosan kletchatkadan iborat bo'lib kunjara va shrotning sifatiga ta'sir etadi, ular moyning uziga shimib olib va shrot bilan moyning chikitga chiqishini ko'paytiradi. Moyli aralashmalar asosan zararlangan urug'lar bo'lib, ular asosan moy sifatiga ta'sir etadi. Zararlangan urug'ning ko'p miqdorda bo'lishi moyning oziq-ovqatga ishlatib bo'lmaydigan holatga olib ketadi, uning kislota soni oshib ketib kulansa xidli bo'ladi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.25 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: doc