Yopiq urug'li o'simliklar tasnifi. Bir va ikkipallali o'simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko'knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho'radoshlar va grechixadoshlar oilalari

Yopiq urug'li o'simliklar tasnifi. Bir va ikkipallali o'simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko'knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho'radoshlar va grechixadoshlar oilalari

O'quvchilarga / Botanika
Yopiq urug'li o'simliklar tasnifi. Bir va ikkipallali o'simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko'knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho'radoshlar va grechixadoshlar oilalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yopiq urug'lilar tasnifi. 2. Bir va ikki pallali o'simliklar. 3. Ikki pallalilar sinfi - Dicotyledones 4. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi. 5. Ayiqtovondoshlar oilasi tasnifi. 6. Ko'knoriguldoshlar oilasi tasnifi. 7. SHo'radoshlar oilasi tasnifi. 8. Chinniguldoshlar oilasi tasnifi. 9. Grechixadoshlar oilasi tasnifi. 10. Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae 11. Piyozguldoshlar oilasi tasnifi. 12. Marvaridguldoshlar oilasi tasnifi. 13. Bardidoshlar oilasi tasnifi. 14. Boshoqdoshlar oilasi tasnifi. YOPIQ URUG'LILAR - HOZIR YER YUZIDAGI BARCHA O'SIM- LIKLAR ORASIDA USTUNLIK QILAYOTGAN ENG KATTA BO'LIMDIR Ular bir qancha belgilari bilan o'simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi. 1. Yopiq urug'lilarning urug'i meva ichida bo'ladi, shuning uchun ham bu o'simliklar Yopiq urug'lilar deb ataladi. 2. Bularning changchi va urug'chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi. 3. Changlanishi hamda urug' va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. 4. Bulardan qo'sh urug'lanish sodir bo'ladi va natijada faqat mo'rtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi. 5. Yopiq urug'lilarning urug'ko'rtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug'i mevabarglar ichida yetiladi. 6. Yopiq urug'lilar boshqa o'simliklar guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug'lilar urug'ko'rtagining meva qobig'i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o'ziga xos belgilari ularning o'zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o'simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o'simlik ekanligini ifodalaydi. Yopiq urug'li o'simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo'linadi. Bu sinflarning har birining o'ziga xos belgi xususiyatlari yig'indisi bilan xarakterlanadi. Ikki pallali o'simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: mo'rtagi ikki urug' pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo'lganligidan tanasi ikkilamchi yo'g'onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to'dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o'yiqli, barg tomirlari to'r shaklida bo'ladi. Gullari 5 bo'lakli tipda. Gul qo'rg'oni ko'pincha, qo'sh bo'ladi. Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o'simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o'simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi. hozirgi yopiq urug'lilardan ko'p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba'zi boshqa o'simliklar eng oddiy o'simlik hisoblanadi. Ko'p mevalilarning juda ko'p oddiy belgilari xos bo'lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o'rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko'p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug'-chilarining ko'pligi bu o'simliklar uchun ayniqsa xarakterli. Ko'p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae). Ko'p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o'z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o't o'simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir. Ko'p mevalilarning gullari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.99 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.99 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga