Yopiq urug'lilar. Angiospermae yoki gulli o'simliklar. Gynoeciatae

Yopiq urug'lilar. Angiospermae yoki gulli o'simliklar. Gynoeciatae

O'quvchilarga / Botanika
Yopiq urug'lilar. Angiospermae yoki gulli o'simliklar. Gynoeciatae - rasmi

Material tavsifi

Yopiq urug'lilar Angiospermae yoki gulli o'simliklar Gynoeciatae Reja: Yopiq urug'lilar va ochiq urug'lilarning o'xshashlik va farqli belgilari. Yopiq urug'lilarning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar. Yopiq urug'lilarning tasniflanishi. Yopiq urug'lilar tipi eng katta o'simliklar tipi bo'lib, hozirgacha malum o'simlik turlarining yarmidan ko'prog'ini o'z ichiga oladi. Bu tip o'ziga xos bir qancha xususiyatlari bilan boshqa tiplardan ajralib turadi. Bu o'simliklarda urug'chi borligi hammadan xarakterlidir, urug'chi bir yoki bir necha meva barglaridan (makro- yoki megasporofillardan) vujudga keladi, meva barglarining chetlari bir-biriga qo'shilib ketgan bo'ladi, shunga ko'ra, urug'chining pastki qismida kamgak joy, yani urug'kurtak (makro- yoki megasporangiy) rivojlanadigan tuguncha yuzaga keladi. Otalanishdan keyin tuguncha o'sib, mevaga aylanadi, meva ichida urug'kurtakdan yuzaga kelgan urug'lar (yoki bitta urug') bo'ladi; bu o'simliklar ochiq urug'lilardan ajratilib, yopiq urug'lilar deb atalishi ham shunga bog'liq (ochiq urug'lilarning urug'i o'sib, kattalashgan megasporofillarda ochiq holda turadi). Bundan tashqari, yopiq urug'lilarga: sakkiz yadroli embrion xaltasi yoki shunday xaltadan yuzaga keladigan xalta borligi qo'sh otalanish bo'lishi, otalanishdan keyingina yuzaga keladigan triploid endosperm bo'lishi, changni ushlaydigan urug'chi tumshuqchasi borligi va ko'pchiligida birmuncha tipik gul bilan gulqo'rg'oni bo'lishi xarakterlidir. Anatomik belgilardan yopiq urug'lilarda asl suv naylari (traxeyalar) borligi ko'rinadi, ochiq urug'lilarda esa faqat traxeidlar bo'ladi-yu, suv naylari kamdan-kam uchraydi. Yopiq urug'lilar bilan ochiq urug'lilarda o'xshash belgilar ko'p bo'lganiga ko'ra, yopiq urug'lilarni qanday bo'lmasin juda oddiy ochiq urug'lilardan kelib chiqqan deb gumon qilish kerak bo'lsa-da, ularning eng yaqin ajdodlarini haligacha aniq ko'rsatish qiyin. Yopiq urug'lilarning hammadan qadimgi va juda uzuq-yuluq qazilma qoldiqlari (changi, yog'ochi) yura geologik qatlamlaridan topilgan. Pastki bo'r qatlamlaridan yopiq urug'lilarning kamdan-kam bazi qoldiqlari topilgan, o'rta bo'r qatlamlarida esa yopiq urug'lilar birdan ko'plab uchraydi, uchraganda ham ancha xilma-xil formalari uchrab, bu formalarning hammasi hozir o'sadigan har xil oilalarga, hatto avlodlarga kiradi (magnoliyadoshlar, lavrlar, buklar, tollar, tutlar va boshqalar). O'simliklar sistematikasining quyi darajasida turgan har xil gruppalar - keytoniyalar, urug'li qirqquloqlar, bennetitlar, gnetumlar (jumladan, gnetum yoki efedra) yopiq urug'lilarning ajdodi bo'lgan deb gumon qilinar edi. Keytoniyalarda tuguncha, tumshuqcha bor edi-yu, lekin ularda tuguncha yopiq urug'lilardagidan boshqacharoq bo'lardi; ularda bir nav gulga o'xshagan narsa ham bo'lmay, sporofillari oddiy tuzilgan edi, shunga ko'ra bu o'simliklar, chamasi evolyutsiyaning tumtoq bir shoxidir. Bennetitlarda o'ziga xos ikki jinsli gullari bo'lgani bilan urug'chisi yo'q edi, ularning urug'lari megasporofillardan yuzaga kelgan meva ichida turmay, bepusht tangachalar orasida yashiringan edi, xolos. Urug'li qirqquloqlarda gul bo'lmagan, urug'lar ham ochiq turgan. Yopiq urug'lilar gnetumlardan kelib chiqqan degan nazariyaga ko'ra, eng oddiy yopiq urug'lilarda bir jinsli mayda-mayda gullar bor edi, bu gullarda gulqo'rg'oni bo'lmas yoki bo'lsa ham arang ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.03 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.03 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga