Yo'sinlar bo'limi

Yo'sinlar bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Yo'sinlar bo'limi - rasmi

Material tavsifi

42-§. YO'SINILAR BO'LIMI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yo'sinlarning Yer yuzida 20 00 dan ortiq turi uchraydi. Ular asosan sernam tuproqlarda o'sishga moslashgan. Barcha yuksak o'simliklar kabi ko'payishi jinsiy va jinssiz bo'g'inlarning gallanishi bilan amalga oshadi. Yuksak o'simliklar hayotida jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) bo'g'inlar gallanadi. Yo'sinlar hayotida boshqa yuksak o'simliklardan farq qilib, jinsiy bo'g'in ustunlik qiladi. Yo'sinlar yuksak o'simliklarning eng qadimiy va juda sodda tuzilgan vakillari bo'lib, olimlarning taxminicha, suvo'tlardan kelib chiqqan. Ularning bo'yi 4-5 mm dan 40 sm gacha boradi. Ayrimlarining tanasi, xuddi suvo'tlarning tanasiga o'xshash, bargsimon tallomdan iborat. Ko'pchilik yo'sinlar poya-bargli o'simliklardir, lekin ularning ildizi bo'lmaydi, ular tuproqqa rizoidlar orqali birikib turadi. Ildizi va o'tkazuvchi sistemalari yo'qligi bilan yo'sinlar bosh-qa yuksak o'simliklardan farq qiladi va taraqqiyot bo'yicha ulardan keyinda turadi. Yo'sinlar sporalar bilan ko'payadi. Ularning jinsiy a'zolari tuban o'simliklardan farq qilib, ko'p hujayrali bo'ladi. Erkaklik jinsiy a'zosi anteridiy, urg'ochilik jinsiy a'zosi esa arxegoniy deb ataladi. Yo'sinlarning urug'lanishi suvda, harakatchan spermatozoidlar orqali amalga oshadi. Poyabargli yo'sinlar tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, tundrada, botqoqliklar va zax yerlarda yer yuzini butunlay qop-lab oladi. Bunga misol qilib O'rta Osiyo tekisliklarida keng tarqalgan funariya yo'sinini olish mumkin Funariya yo'sini bo'yi 1-3 sm keladigan bir uyli o'simlik. Bu o'simliklarning och yashil rangli gilamchalarga o'xshash maysalarini erta bahorda ariq bo'ylarida, zax bosgan devorlarda, hovlilarning oftob kam tushadigan yerlarida, daraxt po'stloqlarida ko'rish mumkin. Funariya yo'sinining poyasi ingichka, ketma-ket o'rnash-gan bargchalar bilan qoplangan. Poyaning tubi tuproq ichiga rizoidlar chiqarib, poyani tuproqqa biriktiradi. Funariyaning barglari asosan bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Ularning hujayralarida xlorofill donachalari bor. Bu barglarda yorug'da karbonat angidrid gazi, suv va mineral tuzlardan kraxmal va boshqa organik moddalar ho­sil bo'ladi. Funariya yo'sinining ko'payish usuli ancha murakkab. Novdalarining uchida barglar orasida jinsiy a'zolari yetila-di. Anteridiylarda ko'p miqdorda ikki xivchinli harakatchan jinsiy hujayralar - spermatozoidlar hosil bo'ladi. Urg'ochilik jinsiy a'zolari - arxegoniylar kolba shaklida bo'ladi. Har bir arxegoniyda bittadan tuxum hujayra hosil bo'ladi. Bahorgi yog'ingarchilik paytida yo'sinlarning ustini suv bosib, anteridiy va arxegoniylarning uchi ochiladi. Sper­matozoidlar anteridiydan suvga chiqadi, xivchinlari orqali harakat qilib, arxegoniylar ichiga kiradi va ularning ichida-gi tuxum hujayra bilan qo'shilib, zigota hosil qiladi. Oradan ozgina vaqt o'tgach, zigota o'sib, sporofitni hosil qiladi. U sporangiyband va uning uchida joylashgan sporalar hosil qi-ladigan ko'sakcha - sporangiydan iborat. Sporalar yetilgan-dan so'ng to'qiladi va tarqaladi. Sporadan jinsiy bo'g'in - gametofit rivojlanadi. Nam tuproqqa tushgan spora o'sib, ko'p hujayrali, shoxlangan, ingichka yashil iplarni beradi. Ip shoxlarida kurtaklar pay-do bo'ladi. Har bir kurtakdan esa yangi poya-bargli funariya yo'sini o'sib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga