Yo'sintoifalar bo'limi - bryophyta

Yo'sintoifalar bo'limi - bryophyta

O'quvchilarga / Botanika
Yo'sintoifalar bo'limi - bryophyta - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yo'sintoifalarning tarqalishi va ekologiyasi. 2. Yo'sintoifalarning muhim belgilari. 3. Bo'limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari 4. Xo'jalikdagi ahamiyati. Bu bo'lim 20 mingdan ortiq turni o'z ichiga oladi. Ular yer sharining deyarli barcha qit'alarida keng tarqalgan. Bularning yashashi uchun asosan namlik ya'ni suv muhitini bo'lishi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham ular zax joylarda, tog'larda, ariq bo'ylarida, ba'zan cho'llarda (tortula, funariya, richiya) uchraydi. Bu bo'lim o'simliklari boshqa yuksak o'simliklar bo'limidan farq qilib, uning asosiy belgisi-hayot jarayonida gametofit naslning ustunligidir. Ammo bularda ham har ikkala nasl ya'ni gametofit va sporofit bir-biriga bog'lik holda rivojlanadi. Yo'sinsimonlar eng qadimgi o'simliklar bo'lib, ular paleozoy erasining silur, devon davrlaridan boshlab rivojlanib, hozirda ham Shimoliy Yarim sharni o'rmon, tundra zonalarida o'simlik qoplamida muhim o'rin tutadi. Ular kelib chiqishi bo'yicha suv o'tlaridan kelib chiqqan deb qaraladi. Yo'sin toifalilar bo'limi 3 ta sinfga bo'linadi: 1. Jigarsimon yo'sinlar sinfi - Marchantiopsida 2. Antotserotsimonlar sinfi - Anthocerotopsida 3. Sfagnumsimonlar yoki Poya-bargli yo'sinlar sinfi- Sphagmiopsida 1. Jigarsimon yo'sinlar sinfi. Bu sinf 600 turdan iborat. Bu o'simliklarning asosiy belgilari shundan iboratki, gametofiti dorzoventral tuzilishiga ega, ya'ni ustki va ostki tomoni bir- biridan farq qiladi. Tallomlarining shakli bargsimon tuzilishiga ega. Jinssiz nasli sporangiy, band va ko'sakchadan tashkil topgan. Bu sinf 2 ta sinfchaga bo'linadi: 1. Marshantsiyakabilar sinfchasi-Marchantiidae 2. Yungermaniyakabilar sinfchasi-Jungermanidae 1. Marshantsiyakabilar sinfchasi. Sinfchaning muhim qabilasi Marshantsiyanamolar (Marchantiales) hisoblanadi. Bu qabila 10 dan ortiq oilani o'z ichiga oladi. Ulardan biri Marshantsiyadoshlar oilasi (Marchantiaceae). Oilaning tipik vakili-oddiy marshantsiya (Marchantia polymorpha). Bu o'simlik tarqalishiga ko'ra kosmopolit. U yer yuzining deyarli barcha qit'alarida, o'ta zax joylarda: buloqlarning atroflarida, sharsharalarni quyi qismida, daryo va ko'llarni qirg'oqlarida, o'rmonlarda va shuningdek botqoqliklarda uchraydi. Uning tanasi serbargina dixotomik ravishda shoxlangan tallomdan iborat. Shoxlangan har bir tallomni uchida kichkina o'yiq yoki chuqurchalar bo'lib, shu joyida tallomning o'sish nuqtasi bo'ladi. Tallom shu yerdan o'sadi va shoxlanadi . Tallomning ostki tomonida ikki xil oddiy va tilsimon rizoidlar bo'ladi. Ularning vazifasi tallomni tuproqqa biriktirib turish va zarur bo'lgan ozuqa moddalarni o'tkazishdan iborat. Ulardan tashqari tallomning ostki tomonida yana to'q binafsha rangli qorin tangachalar (amfigastriyalar) bir qavat bo'lib joylashgan. Bular boshlang'ich (Embrional) holdagi barg hisoblanadi. Tallom ustki va ostki epidermis bilan qoplangan bo'lib, ustki epidermis tagidan bir qavat joylashgan havo bo'shliqlari, ularni tubidan bir nechta xlorofill donochalariga ega bo'lgan hujayralar mavjud. Har bir havo bo'shliqlarda bittadan ustitsa (og'izcha) o'rin olgan. Ular birgalikda havo bilan tutashgan bo'ladi. Bulardan tashqari, tallomni asosiy qatlamini tashkil etadigan parenxima hujayralari bo'lib, ularda kraxmal yig'iladi. Ostki epidermisdan esa rizoidlar vujudga keladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.07 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.07 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga