30-§. YOVVOYI O'SIMLIKLARNING VEGETATIV KO'PAYISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Respublikamizda tabiiy holda o'sadigan ba'zi o'simliklar urug'dan tashqari, vegetativ organlaridan ham ko'payadi. Siz ajriq, g'umay, salomalaykum, bug'doyiq kabi o'simliklarning ildizpoyasidan ko'payishini yaxshi bilasiz. Shuningdek, lola, boychechak, gladiolus va nargisga o'xshash piyozboshdan ko'payadigan o'simliklar ham bor. Bu piyozboshlar tuproq orasida mayda piyozboshchalar hosil qiladi. Kelgusi yili ulardan yangi o'simliklar o'sib chiqadi. Ayrim qoraqat, terak, na'matak, olvoli, shirinmiya, yantoq kabi o'simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo'ladi. Bu novdalar deyiladi. Kelgusida shu bachkilardan yangi, mustaqil o'simliklar yetiladi Vegetativ yo'l bilan ko'payadigan bitta terak daraxti atrofida yer os tidan o'sib chiqadigan bachkilar hisobiga o'nlab yangi daraxt tuplari hosil bo'ladi. Tabiatda daraxt va butalar ma'lum vaqtdan so'ng qariydi va ularning o'rnini bachkilardan chiqqan yangi daraxtlar egallaydi. Shunday qilib, o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payishda davom etadi. Tabiatda turli hodisalar bo'lib turadi. Masalan, ba'zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o'simliklarning shox- shabbasi (masalan, tollar) sernam tuproq ostida qolib, ulardagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. Shunday qilib, o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payib, tabiatda o'z turini saqlab qoladi. Agar ular vegetativ yo'l bilan ko'paymaganda edi, urug'idan yaxshi ko'paymaydigan o'simliklar tabiatda juda ham kamayib, hatto yo'qolib ketgan bo'lardi. Savol va topshiriqlar O'simliklar vegetativ yo'l bilan qanday ko'p ayadi? Lola, gladiolus, nargis kabi o'simliklar qanday ko'payadi? Ildiz bachkisi deganda nimani tushunasiz? Sizningcha qaysi o'simlikni bargidan, qaysi birini novdasidan ko'paytirish mumkin? Istirohat bog'laridagi daraxt va butalardan ildiz bachkisi chiqaradiganlarini aniqlang. Maktab tajriba dalasida o'sadigan qaysi o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payishini kuzating. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.73 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: ppt