Yuksak o'simliklar dunyosi - embryophyta (embryobionta) Reja: Riniyatoifatoifalar bo'limi - rhyniophiyta Riniyanamolar qabilasi - rhyniales Psilofitnamolar qabilasi - psilophytales Yuksak o'simliklar Yer yuzida eng keng tarqalgan bo'lib, murakkab tuzilishga ega bo'lishi bilan ajralib turadi. O'simliklar dunyosini, shu jumladan yuksak o'simliklarni ma'lum bir tizim (sistema) asosida joylashtirish ustida olimlar uzoq yillar mobaynida tadqiqot ishlari olib borganlar va o'zlarining klassifikatsiyalarini ishlab chiqqanlar. O'simliklar sistemasini ilk bor tavsiya etgan botaniklardan biri italiyalik botanik A. Sezalpin (1519-1603) bo'lib, u o'simliklarni asosan mevasiga qarab 15 sinfga ajratgan. K. Linney esa o'simliklarni mevasiga emas, guliga (ayniqsa, changchilaming tuzilishiga) qarab 23 sinfga, gulsizlarni bir sinfga kiritib, o'zining 24 sinfdan iborat sistemasini yaratdi. Vaqt o'tishi bilan o'simliklar, shu jumladan gulli o'simliklar sistemasiga bag'ishlab ko'plab asarlar nashr etildi va yangi sistemalar tavsiya etila boshlandi. Bu borada A. Engler, N.I. Kuznetsov, N.A. Bush, A.A. Grossgeym, X.Y. Gobi, B.M. Kozo-Polyanskiy, A.L. Taxtadjyan kabilarning olib borgan ishlari diqqatga sazovordir. Hozirda yuksak o'simliklar dunyochasi (kichik dunyosi) 300 00 dan ortiq turni o'z ichiga oluvchi 9 ta bo'limga ajratiladi. Riniyatoifalar - Rhyniophyta Zosterofiltoifalar - Zosterophyllophyta Yo'sintoifalar - Bryophyta Plauntoifalar - Lycopodiophyta Psilottoifalar -Psilotophyta Qirqbo'g 'imtoifalar - Equisetophyta Qirqquloqtoifalar - Polypodiophyta Qarag'aytoifalar (ochiq urug'lilar) - Pinophyta yoki Gymnospermae Magnoliyatoifalar (yopiq urug'lilar) - Magnoliophyta yoki Angyospermae. RINIYATOIFATOIFALAR BO'LIMI - RHYNIOPHIYTA Bu bo'limga yuksak o'simliklarning eng sodda tuzilishga ega bo'lgan vakillari kiradi. Shotlandiyalik paleobotanik D. Skott bu guruhga kiruvchi o'simliklarni alohida bo'limga ajratishni taklif etgan va ularni dastavval psilofitlar (Psilophyta), keyinchalik esa riniofitlar (Rhyniophyta) deb atagan. Bu bo'lim vakillari bizgacha yetib kelmagan bo'lsada, ularning qazilma holda topilgan turlari tuzilishi jihatidan yuksak o'simliklarning evolutsiyasini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1859-yilda kanadalik geolog D. Dauson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma'lum yuksak o'simlikning g'aroyib bir qoldig'ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo'lib, barglari bo'lmagan. O'tkazuvchi sistemasi esa tipik protostel holatda bo'lib, sodda (primitiv) hisoblanadi. Topilgan o'simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxchalarining ustida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Dauson topgan bu o'simligiga Psilophyton princeps deb nom bergan. 1912 yilning kuzida Shotlandiyada Rhynia turkumiga oid o'simlik topiladi. 1937 yilda paleobotanik U. Lang sodda yuksak o'simliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan (Buyuk Britaniya) Kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni aniqlaydi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexiya, Markaziy Qozog'islon, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va G'arbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar ham bundan 415 mln. yillar oldin yashagan 0'simliklar ekanligini paleobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak 0'simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo'limiga birlashtirilgan. Hozirda ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: docx