Reja: 1. Yuksak o'simliklar 2. Arxegonial o'simliklarning klassifikatsiyasi. 3. Moxsimonlar (yo'sinlar). 4. Plaunsimonlar. 5. Bo'g'imlilar. 6. Paporotniksimonlar. 1. Yuksak o'simliklar - Cormobionta. Yuksak o'simliklarning tuban o'simliklardan farqi tanasi to'qimalaridan tashkil topgan bo'lib, ildiz poya va barg hosil qiladi. Ular asosan quruqda o'sishga moslashgan bo'lib, evalyutsion nuqtai nazaridan suvo'tlaridan kelib chiqqan. Olimlar fikricha yuksak o'simliklarda xlorofill donachalarining mavjudligi, kraxmal hosil qilish xususiyatlari ularni yashil o'simliklardan kelib chiqqan degan fikr yuritishga asos bo'lgan. Yuksak o'simliklarda anteridiy va oogoniylarning hosil bo'lishi ularning qo'ng'ir suv o'tlaridan kelib chiqqanligini asoslaydi. (G.Shenk, L.Kursanov, K.Meyer). Yuksak o'simliklar Qizil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan gipotizani ilgari suruvchi olimlar ham bor. (P. Van). Bu fikirlar yuksak o'simliklarni suvo'tlarining u yoki bu guruhlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. Yuksak o'simliklar suv o'tlaridan kelib chiqqan bo'lsada o'ziga xos morfologik xususiyatlarga ega Ko'p hujayrali organizmlar bo'lib poya, barg hosil qiladi. Suv o'tlaridagi qat- tana o'rniga ularda stela va epidermis hosil bo'lgan. Yuksak o'simliklar rizoid va ildiz hosil qiladi. Yuksak o'simliklar ikkita katta guruhga bo'linadi. 1. Arxegonial o'simliklar. 2. Gullik o'simliklar. 2. Arxegonial o'simlikar, quyidagi 7 ta bo'limga bo'linadi. 1. Rinofitlar bo'limi. 2. Psilotlar bo'limi. 3. Moxsimonlar bo'limi. 4. Plaunsimonlar bo'limi. 5. Bo'g'imlilar bo'limi. 6. Paporotniksimonlar bo'limi. 7. Ochiq urug'lilar. Arxegonial o'simliklar uchun xarakterli asosiy xususiyatlardan biri ko'p hujayrali arxegoniyning hosil bo'lishidir. O'simliklarni-ng tarqalishi spora va urug' vositasida bo'ladi. Arxegoniyning asosiy vazifasi tuxum hujayrasini hosil qilishga xizmat qilishdir. Arxegonial o'simliklarning otalik organi anteridiy deb nomlanadi. Unda ko'p miqdorda spermatozoid hosil bo'ladi. Gulli o'simliklarning 2500 turi mavjud. Ular uchun xarakteri xususiyat ko'payishga xizmat qiluvchi anteridiy va arxegoniyning qisqarib, o'rniga gulning hosil bo'lishidir. Guldagi tuxum hujayrasining otalanib rivojlanishidan urug' va meva hosil qiladi. Shuning uchun bunday o'simliklarni yopiq urug'li o'simliklar deb nomlanadi. Gullik yoki yopiq urug'li o'simliklar ikkita sinfga bo'linadi. 1. Ikki pallalilar. 2. Bir pallalilar. 3. Moxsimonlar-Bryophyta. Moxsimonlar hayot kechirishi, ekologiyasi jihatidan suvo'tlariga yaqin guruh bo'lib, xarakterli xususiyatlaridan biri ildizini bo'lmasligi, o'tkazuvchi naylar hosil qilmasligi va yog'ochlangan shakillarining bo'lmasligidir. Moxsimonlarga 3500 turdagi o'simliklar kiradi. Yer yuzining barcha materiklarida turlicha tarqalgandir. Ayrim vakillari daraxt po'stloqlarida epifit hayot kechiradi. Moxsimonlar asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o'rta mintaqasida keng tarqalgan. Ayniqsa o'rmon va botqoq hududida ko'p uchraydi. Moxsimonlarning kelib chiqishi masalasi turlicha xal qilinadi. Filogenetik sistema asoschilari A. Taxtadjan, G. Gaekkel fikricha moxsimonlar psilofitlardan kelib chiqqan. Amerika biologlari G. Fray va A. Klark moxsimonlarni ipsimon yashil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Bu fikrlar K. Meyer tomonidan ham tasdiqlangan. Moxsimonlar avtotrof o'simliklardir. Ularning tanasi poya va ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.58 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.58 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:30 ]
Arxiv ichida: doc