Yuksak o'simliklar. Cormobionta. Yo'sinsimonlar bo'limi. Bryophyta

Yuksak o'simliklar. Cormobionta. Yo'sinsimonlar bo'limi. Bryophyta

O'quvchilarga / Botanika
Yuksak o'simliklar. Cormobionta. Yo'sinsimonlar bo'limi. Bryophyta - rasmi

Material tavsifi

Yuksak o'simliklar Cormobionta Yo'sinsimonlar bo'limi Bryophyta Reja: Yuksak o'simliklar haqida umumiy ma'lumot. Yo'sinsimonlarning tasniflanishi, jigarsimon yo'sinlar vakillarining o'ziga xos xususiyatlari va ko'payishi. Barg-poyali yo'sinlar tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar, nasllar gallanishi. Yuksak, barg poyali (Cormophyta) o'simliklar tuban tallomli (Thallomphyta) o'simliklardan qator xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuban o'simliklar suvda va ayrim hollarda nam muhitda hayot kechiradi. Malumki, ular hujayrasiz, bir hujayrali, koloniya shaklida, ipsimon, ko'p hujayrali va faqat yuksak taraqqiy etgan vakillarining vegetativ tanasi bir qadar differensiyalashgan. Yani tuban o'simliklarda yuksak o'simliklardagi singari haqiqiy barg, poya va ildiz kabi organlarga ajralgan vegetativ tana yo'q. Yuksak o'simliklar asta-sekinlik bilan suvdan chiqib, quruqlikni ishg'ol qila boshlagan va suv muhitidan keskin farq qiladigan muhitga duch kelganlar. Bir xil suv muhitdan quruqlikka chiqa boshlagan o'simliklar ikki xil - tuproq va havo muhitiga duch keladilar. Tabiiyki, million yillar davom etgan uzoq tarixiy taraqqiyot davomida tabiiy tanlanish ta'sirida o'simliklar asta-sekin yangi muhit sharoitlariga moslasha borgan va ularning tanasi ildiz, poya, barg singari organlarga differensiallasha borgan. Bu organlar birdaniga vujudga kelmagan, albatta. Yuksak o'simliklarning bizga qadar etib kelmagan soda tuzilishli vakillari ham yashagan. Ularning nihoyatda sodda tuzilishli vakillari bizga qadar etib kelmagan psilofitning yer ustki organi poyaga o'xshash organ - telom (tallom bilan aralashtirmaslik lozim) dan iborat bo'lgan. Tuban moxlarning yer ustki organi dixatomik shoxlangan ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Binobarin, yuksak o'simliklarni xarakterlaydigan asosiy xususiyati vegetativ organlari poya, barg va ildizning bo'lishidir. Yuksak o'simliklar ham tuban o'simliklar singari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Lekin yuksak o'simliklarning hammasi uchun jinsiy naslning jinssiz nasl bilan navbatlashishi - nasl gallanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Odatda, jinssiz ko'payish sporalar yordamida bo'lib, bu sporalarning kata-kichikligi bir xil yoki har xil bo'lishi mumkin. Ulardan o'z jinsiy organlariga ega bo'lgan gametofit deb ataluvchi o'simta vujudga keladi. Gametofit bir jinsli (erkak yoki urg'ochi) yoki qo'sh jinsli bo'lishi mumkin. Jinsiy ko'payish yuksak o'simliklarda ogam tipida bir-biridan keskin farq qiladigan jinsiy gametalarning qo'shilishi natijasida sodir bo'ladi. Erkaklik jinsiy gametalar - xivchinli harakatchan spermatozoidlar yoki harakatsiz spermatsiylardir. Spermatozoidlar moxsimon va paporotniksimon o'simliklar gametofitida anteridiy deb ataladigan maxsus erkaklik jinsiy organlarida rivojlanadi. Yuksak o'simliklarning tuxum hujayrasi arxegoniy deb ataladigan ko'p hujayrali urg'ochilik jinsiy organlarda vujudga keladi. Arxegoniy odatda cho'ziq gulcha shaklida bo'lib, u qorin, bo'yin va og'izcha qismlaridan iborat. U ko'pchilik arxegoniyli (moxsimon va paporotniksimon) o'simliklarda mustaqil hayot kechiradigan o'simta - gametofitda va urug'li (ochiq va yopiq urug'li) o'simliklarda urug'mo'rtak ichida taraqqiy etadi. Urug'lanish arxegoniat o'simliklar ichida arxegoniy ichida sodir bo'lib, spermatozoid uning ichiga faqat suvli yoki nam muhit ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.38 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.38 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga