Yuksak o'simliklarning hayot sikli

Yuksak o'simliklarning hayot sikli

O'quvchilarga / Botanika
Yuksak o'simliklarning hayot sikli - rasmi

Material tavsifi

Yuksak o'simliklarning hayot sikli Reja: Embrional bosqich. Yuvenil bosqich. Voyaga yetish va ko'payish bosqichi. Qarilik bosqichi. N.P.Krenkening «O'simliklarning ontogenezida siklik qarish va yosharish nazariyasi». Tayanch so'zlar: Embrional, yuvenil, reproduktiv, qarilik, ekzina, intina, endosperm, ontogenez, monokarp, polikarp, fotoperiodizm, florigen, efemer, ajratkich qavat, fotosintez, novda, o'sish nuqtasi, sintez, neytral. Oliy o'simliklarning hayot siklini to'rt bosqichga bo'lish mumkin: 1)embrional, 2) yuvenil (Yoshlik), 3) reproduktiv (voyaga yetish va ko'payish), 4) qarilik (yoqi tabiiy ulim). Embrional bosqich. Ontogenezning embrional bosqichi zigotadan boshlab to urug'ning pishishigacha bo'lgan davrda mo'rtakning rivojlanish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Barcha yopiq urug'li o'simliklarda urug'lanish jarayoni oldidan changlanish jarayoni bo'ladi. Ya'ni changlar onalik tumshuqchasiga tushadi va tumshuqchadan ajralib chiqqan tomchi eritmada burtgan changning o'sishi boshlanadi. Bu vaqtda changning sirtki po'sti (ekzina) yoriladi. Ichki po'sti (intina) esa uzun naychaga aylanib pastga qarab cho'ziladi va ustuncha boylab tugunchaga borib yotadi. Chang naychasi urug' kurtakchasi yoki mo'rtak xaltachasiga yetgach ochiladi va undagi ikkita spermaning bittasi tuxum hujayra yadrosi bilan ikkinchisi mo'rtak xaltachasining ikqilamchi yadrosi bilan qo'shilib urug'lanadi (bu hodisa yirik sitolog olim S.T.Navashin tomonidan ochilgan). Urug'langan hujayralarning bo'linish jarayoni boshlanadi. Ayni vaqtda urug' kurtakchasida va gulning boshqa bo'lakchalarida bir qancha boshqa o'zgarishlar ham yuz beradi. Urug' kurtak pardalari o'sib urug' qobig'ini, tuguncha devorchalari esa o'sib meva qavatini hosil qiladi. Meva qavatini hosil qilishda ko'pincha gul tagligi ham qisman ishtirok etadi. Gulning boshqa qismlari tiqilib ketadi. Shunday qilib, urug'da mo'rtakning rivojlanish jarayonlari fitogormonlar ishtirokida sodir bo'ladi. Dastlab fitogormonlar endosperm va boshqa to'qimalardan oqib kela boshlaydi, keyinchalik ular o'zlari fitogormonlarni sintezlaydi va hatto auksinlarni atrofga ham chiqaradi. Pishgan urug'larda esa bu jarayon to'xtaydi. Yuvenil bosqich. Bu o'simliklarning yoshlik bosqichi hisoblanadi. Urug'larning unishidan boshlab to o'simliklarda reproduktiv organlarni hosil qilish qobiliyatining paydo bo'lishigacha davom etadi. Yuvenil bosqichida o'simliklarning vegetativ organlari (poya, novdalar, ildiz tizimi va barglar) to'la shakllanadi. o'simliklar asosan vegetativ massa to'plash bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda o'simliklarda jinsiy ko'payish qobiliyati bo'lmaydi. Yuvenil davrining davomi o'simlik turlariga bog'liq. Bu odatda bir necha xaftadan (bir yillik o'simliklar) to unlab yillargacha (daraxtlar) davom etishi mumkin. Bu davrda o'simliklarning ildiz hosil qilish qobiliyati kuchli bo'ladi va undan bog'dorchilikda foydalaniladi. Chunki qalamchalarda auksinlarning miqdori ko'p bo'ladi. Bu davrning oxiriga kelib, o'simliklarda reproduktiv organlar hosil qilish qobiliyati vujudga keladi. Voyaga yetish va ko'payish bosqichi. Bu bosqichda o'simliklar eng hayotiy darajada bo'lib, sxonalar, gullar, urug'lar va mevalar hosil qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. o'simliklar rivojlanish xususiyatlari asosida bir yillik, ikki yillik ko'p yillik guruhlarga bo'linadi. Bularning ontogenezlari bir-biridan keskin farq qiladi. Hayotida bir marta gullab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.99 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.99 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga