Yuksak o'simliklarning umumiy tavsifi

Yuksak o'simliklarning umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Botanika
Yuksak o'simliklarning umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yuksak o'simliklarning tarqalishi va ekologiyasi 2. Yuksak o'simliklarning muhim belgilari. 3. Yuksak o'simliklarning bo'limlari. 4. Yuksak o'simliklarning kelib chiqishi. 1. Yer sharining umumiy maydoni 510 mln. km2 bo'lsa, shundan 149 mln. km2 quruqlik, 361 mln. km2 suv muhitiga tug'ri keladi. Suv va quruqlikda hayvonlarning 1,5 mln. dan, o'simliklarning esa 500 mingdan ortiq turlari tarqalgan. Shulardan 200 minggi tuban o'simliklar, 300 minggi yuksak o'simliklardir. Demak, yuksak o'simliklar turlar sonining ko'pligi bilan birga, ularni turli xil geografik va ekologik muhitlarda eng issiq, sernam tropik hududlardan boshlab iqlimi sovuq bo'lgan joylarda ham uchratish mumkin. Bulardan tashqari tekislikdan tortib to tog' va yaylov mintaqalarigacha tarqalgan. Yuksak o'simliklar asosan quruqlikda yashashga moslashgan. Ularning ayrim turlari suv muhitida ham yashaydi. 2. Yuksak o'simliklarning muhim belgilari Yuksak o'simliklar quruqlikka moslashar ekan, tuban o'simliklardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi: 1. Tanasining poya, barg va ildizga ajralganligidir. Ammo, bular ichida eng sodda vakillarida (yo'sinsimonlarda) ildiz o'rnida-rizoidlar, tanasi poya, bargga ajralmagan «tallom» tuzilishidagi vakillari xam uchraydi. 2. Yuksak o'simliklarda suv va havo almashinishini (transpiratsiya va fotosintez) boshqaruvchi barg og'izchalarining bo'lishi, o'tkazuvchi to'qimalar, traxeidlar, traxeya, ksilema, floema va yo'ldosh hujayralarning bo'lishi. Keyinchalik mexanik to'qimalarning rivojlanishidir. Morfologik tuzilishi jihatidan esa turli xil moslamalar vujudga kelgan. 3. Bularda jinsiy ko'payish a'zolarning ko'p hujayrali tuzilganligidir. 4. Jinsiy ko'payish a'zolari: erkakligi-anteridiy, urg'ochiligi- arxegoniydan iborat. 5. Yuksak o'simliklar hayotiy jarayonida doimo nasllar gallanishi-jinsiy nasl gametofitni, jinssiz nasl-sporofit bilan almashinishi kuzatiladi. Yuksak o'simliklardan faqat yo'sintoifalarida gametofit nasl ustunlik qilsa, qolganlarida esa sporofit nasl ustunlik qiladi. Gametofit-jinsiy nasl bo'lib, unda anteridiy va arxegoniy etiladi. Ularni gametalarini qo'shilishi natijasida jinsiy ko'payish amalga oshadi. Gametofit bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli, bir jinsli bo'lishi mumkin. Sporofit nasl- jinssiz nasl bo'lib, unda sporolar etiladi. Sporalar sporangiylarda hosil bo'ladi. Sporalar hosil bo'lishida sporangiylar ichida reduktsion bo'linish yoki meyoz natijasida sporalar gaploid to'plamga ega bo'lgan xromosomalarni hosil qiladi. 6. Yuksak o'simliklarda zigotaning keyingi taraqqiyotida mo'rtak (embrion)ning hosil bo'lishi va uning rivojlanish davomida sporofit hosil bo'lishi kuzatiladi. 7. Yuksak o'simliklardan ochiq urug'li va yopiq urug'li (guli o'simliklar) o'simliklarda spora o'rnida urug' hosil bo'ladi. Shuning uchun ham ularni «urug'li o'simliklar» deb ataladi. 3. Yuksak o'simliklarni bo'limlarga bo'linishi. 1. Riniyatoifalar -Rhyniophyta 2. Zoosteriofittoifalar - Zoosterophyta 3. Yo'sintoifalar - Bryophyta 4. Plauntoifalar - Lycopodiophyta 5. Psilottoifalar - Psilotophyta 6. Qirqbo'g'imtoifalar - Eqvisetophyta 7. Qirqquloqtoifalar - Polypodiophyta 8. Karag'aytoifalar yoki ochiq urug'lilar - Pinophyta 9. Magnoliyatoifalar yoki gulli o'simliklar - Magnoliophyta, Anthophyta. 4. Yuksak o'simliklarning kelib chiqishi. Yuksak o'simliklar kelib chiqishi bo'yicha yashil suvo'tlarning eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.69 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.69 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga