Yuksak o'simliklarning vegetativ organlari. Ildiz. Ildiz morfologiyasi va vazifalari Reja: Ildizning ta'rifi va vazifalari Ildizning morfologiyasi Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi. Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi Ildizning metamorfozlari. Mikoriza. 7. Tugunak bakteriyalar Asosiy tushunchalar: ildiz qini, bo'linish, o'sish, shimish va o'tkazuvchi zonalar, epiblema, dermatogen, ekzoderma, mezoderma, endoderma, markaziy silindr, birlamchi po'stloq proto -, va metaksilema, proto -, va matafloema. o'zak nurlari, metamorfoz (bir shaklni boshqa shaklga o'tishi), ildizmevalar, tugunak ildizlar, etdor ildizlar, tayanch, taxtasimon, soxta, nafas oluvchi, ilashuvchi va havo ildizlari. Mikoriza (zamburug'', ildiz ya'ni o'zaro hamkorlikning bir ko'rinishi). Odatdagi tuzilishi bo'yicha ildizlar yuksak o'simliklarning (moxlardan tashqari) yer ostki organi hisoblanib, u o'simlikning tadrijiy rivojlanishida quruqlikka chiqishi tufayli hosil bo'lgan. Ildiz quyidagi vazifalarni bajaradi: 1).tuproqdan suv va unda erigan moddalarni o'zlashtiradi; 2) ildiz yordamida o'simlik tuproqqa mustahkam birikadi; 3) ildizda turli moddalar hosil bo'ladi (aminokislotalar, gormonlar, alkaloidalar va boshqalar); 4) oziq moddalar zapas holda to'planadi; 5) ildizlar vegetativ ko'payish uchun xizmat qiladi; 6) ildizlar tuproqdagi boshqa o'simlik organizmlariga (mikroorganizmlar va zamburug''larga) ham ta'sir etadi.Ildizning yuqorida sanab o'tilgan vazifalari normal rivojlangan ildizlar uchun xosdir. Ildizning tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o'zlashtirishi uning asosiy va biologik jihatdan muhim vazifasi hisoblanib, bu uning ichki va tashqi tuzilishini belgilaydi. Ildizning eng uchki qismida apikal meristema hujayralar tashqi tomonidan ildiz qini bilan o'ralgan. Ildiz qini konussimon qalqon shaklida bo'lib, bir-birlari bilan kuchsiz bog'langan yupqa po'stli, bir oz cho'ziq va nozik hujayralardan tashkil topgan. Ildiz o'q organ, u shoxlanish xususiyatiga ega bo'lgani uchun nisbatan katta yuza hosil qiladi. Bu o'z navbatida ildizni tuproq bilan o'zaro ta'sirini oshiradi va suv shimishni yengillashtiradi. Ildizning umumiy yuzasi yer ustki organlarga nisbatan oriq bo'ladi, tez o'sishi va shoxlanishi natijasida katta maydonlarni egallab oladi. Dastlabki ildiz o'simlikning urug'idagi mo'rtakda rivojlanadi. Undagi asosiy va yon ildizlar shakllanib ular ham o'z navbatida shoxlanib ketadi. Ana shunday ildiz tizimi ikki pallali o'simliklar uchun xosdir. Bir pallali o'simliklarda asosiy ildiz uncha o'smaydi va nobud bo'ladi, ildiz tizimi esa poyaning ostki qismidan rivojlangan qo'shimcha ildizlardan tashkil topadi. Bunday ildizlar rivojlanish darajasi bo'yicha deyarli bir xil, ular popuksimon ildiz tizimini hosil qiladi. Ildizlar odatda silindrsimon shaklda bo'lib, o'q organlar uchun xos bo'lgan radial simmetriyali tuzilishga ega. Bargsiz ba'zi bar o'simliklarda ildizlar qo'shimcha kurtak hosil qiladi va ulardan qo'shimcha novdalar shakllanadi. Ildizning uchi ildiz qini bilan himoyalangan, uning ostida o'sish nuqtasi joylashgan. Ildiz vegetativ organ sifatida ana shunday morfologik belgilar bilan tavsiflanadi. Ildiz qini ostida meristematik xarakterdagi hujayralardan iborat bo'linish zonasi joylashgan. Deyarli barcha bo'linuvchi hujayralar ana shu ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
235.72 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
235.72 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: doc