Yuksak o'simliklarning vegetativ organlari Reja: 1. Ildiz 2. novda 3. Poya 4. Barg O'simliklar morfologiyasi fani gulli o'sim-liklarda 3ta asosiy organ bor deb hisoblaydi. Bular: ildiz, poya, barg. Boshqa organlar esa, jumla-dan gul, tikan, gajak, kurtak, mevalar yuqoridagi organlardan shakli o'zgarishi natijasida kelib chiqqan. Yuksak o'simliklarning organlari bajara-digan vazifasiga qarab vegetativ va generativ organlarga bo'linadi. Vegetativ organlar o'simlik-larni oziqlantirish, assimilyatsiya, gaz almashinuvi va boshqa vazifalarni, generativ organlar esa jinsiy ko'payish vazifasini bajaradi. Vegetativ organlarning tuzilishidagi asosiy qonuniyatlardan biri qutblilikdir. Uning mohiyati shundan iboratki, o'simlikning uchki va quyi qismi morfologik va fiziologik jihatdan farq qiladi. Shu sababli u faqat uchiga qarab o'sadi. Qalamcha yerga qo'yi qismi bilan ekiladi (4- rasm). Ikkinchi asosiy qonuniyat bu o'simlik organ-larining simmetrik bo'lishidir. Yani, o'simliklarning bir xil qismlari guruhda mutanosib joylashadi. Ko'pchilik hollarda radial simmetriya uchraydi. Bunda silindrsimon poya va sharsimon meva aylanasining barcha graduslari bo'ylab tekislik o'tkazilgan deb faraz qilsak, bu tekisliklar ularni teng qismlarga bo'ladi. Monosimmetriyada bir o'simlik yoki uning organidan faqat bitta simmetrik tekislik o'tishi mumkin (5- rasm, 1). Polisimmetriyada esa bir nechta tekislik o'tkazsa bo'ladi (5- rasm, 2). Bazi o'simliklar tanasidan gullarni simmetrik qismlarga ajratadigan birorta ham tekislik o'tkazib bo'lmaydi, ular assimmetrik tuzilgan 4- rasm. Tol qalamchasida qutblilik hodisasining namoyon bo'lishi 1- to'g'ri holatdagi qalamcha; 2- teskari holatdagi qalamcha. bo'ladi (5-rasm, 3). Monosimmetrik gullar -zigomorf, polisimmetrik gullar - aktinomorf gullar deyiladi. Bilateral simmetriyada esa o'simlik organi bo'ylab faqat ikkita o'zaro perpendikulyar tekislik o'tkazish mumkin. Masalan, yong'oq va bodomning mevasida. Evolyutsiya jarayonida o'simliklarning turli organlari har xil vazifani bajarib, shunchalik metamorfozlashib ketadiki, hatto ularni ilgarigi holatini aniqlash juda qiyin bo'ladi. Masalan, gulning tojbarglari, no'xatning gajaklari o'zgargan bargdir. Tokning gajaklari esa o'zgargan novdadir. Shunday qilib, tashqi ko'rinishdan bir-biridan keskin farq qilib, kelib chiqishi bir xil bo'lgan organlar gomologik organlar deyiladi. 5- rasm. Gullarda simmetriya hodisasi A- monosimmetrik; B- polisimmetrik; V- asimmetrik. Analogik organlar esa tashqi tomonidan bir-biriga o'xshash bo'lishi va bir xil funksiyani bajarishi mumkin, lekin ularning kelib chiqishi har xil bo'ladi. Analogik organlardan zirk va do'lananing tikani bir-biriga o'xshaydi va bir xil vazifani bajaradi, lekin kelib chiqishi jihatdan har xil. Zirkning tikani bargdan, do'lananiki novdadan hosil bo'lgan. Bir xil ekologik sharoitda yashaydigan turli xil sistematik guruhlarga mansub o'simliklarda o'xshash belgilar paydo bo'ladi. Masalan, quruq iqlim sharoitida o'sadigan Amerika kaktuslari va Afrika sutlamaguli morfologik jihatdan bir-biriga o'xshashdir. Yoki O'rta Osiyo sahrolarida o'suvchi torondoshlar oilasining vakili qandim, sho'radoshlar oilasining vakili sho'ra-ning tashqi belgilari bir-biriga o'xshash bo'ladi. Shunday qilib, turli sistematik guruhlarga mansub o'simliklarni bir xil ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: doc