Yuksak sporali o'simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Irkkuloksimonlilar

Yuksak sporali o'simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Irkkuloksimonlilar

O'quvchilarga / Botanika
Yuksak sporali o'simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Irkkuloksimonlilar - rasmi

Material tavsifi

Reja: yuqori sporali o'simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlilar bo'limi. Jigarsimon moxlar. Poya va bargli moxlar. Torf hosil qiluvchi moxlar. Moxlarning yashash sharoiti. Kirkkuloksimonlar bo'limi. Kirkuloklar. O'rmon kirkkulogi Kirkbo'gimlar. Dala kirkbugimi. Plaunlar. Cho'kmokli plaun. yuqori sporali o'simliklarning kelib chiqishi Yuqori sporali o'simliklar Tuban sporali o'simliklarning jinsiy organlari bir hujayrali, sodda tuzilgan. Tuban sporali o'simliklar organlarga bo'linmaydi. yuqori sporali o'simliklarning ko'pchilik vakillari organlarga bo'linadi. Bazi bir vakillari organlarga bo'linmaydi. Jinsiy organlari ko'p hujayrali,murakkab tuzilgan. yuqori sporali o'simliklarga 2 ta tip kiradi. 1. Moxsimonlar 2.kirkkuloksimonlar Moxsimonlar Bu tipga yuqori sporali o'simliklarning eng sodda tuzilganlari kiradi. Shunday bo'lsa xam ular tuban sporali o'simliklarga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan bo'ladi. Moxlar kuruklikda yashashga moslashgan bo'lsa xam, ular asosan nam yerni yaxshi ko'radi. Moxlarni arik bo'ylarida, botkokliklarda, zax erlarda uchratish mumkin. Moxlarning bazi bir vakillari organlarga bo'linmaydi. Mas:jigarsimon moxlar. Ko'pchilik vakillari organlarga bo'linadi. Bularda haqiqiy tuzilgan barg, poya mavjud. Lekin ildiz bo'lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoid - epidermisdan o'sib chikkan mayda tukka o'xshaydi. Moxlarda yuqori o'simlik-larga nisbatan to'kimalari yaxshi taraqqiy yetmagan. Moxlar-ning otaligini anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi. Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon tarak-kiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo'lda ko'payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Jinsli va jinssiz ko'payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so'ngra jinssiz ko'payish bo'ladi. Jinsli ko'pa-yish natijasida spora hosil bo'ladi. Jinssiz ko'payganda yangi o'simlik hosil bo'ladi. Moxlar 2 sinfga bo'linadi: 1. Jigarsimon moxlar. Bularning bazi vakillarining tashqi ko'rinishi jigarga o'xshash bo'ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo'linmagan. 2. Poya va bargli moxlar. Bularda haqiqiy poya va barg bo'ladi. Jigarsimon moxlar Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marshansiyani olamiz. Marshansiyani 1 - marta fransuz vrachi Marshantse topgan va o'z nomiga ko'ygan. Marshansiya zax erlarda, arik bo'ylarida o'sadi.Uning tanasining tashqi ko'rinishi bargga o'xshash bo'ladi.Tanasining pastki tomonidan,yani epidermisdan o'sib chikkan rizoidlar yordamida yerga yopishib o'sadi. Marshansiyaning ko'ndalang kesimida tashqi tomoni epidermis bilan koplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan. Ustitsaning ichkari tomonida havo kamerasi bor. Assimilyatsion hamda zapas ozik moddalarni to'playdigan to'kimalar uchraydi. Assimiliyatsion to'kima hujayralarida xlorofill donachalari bor. Bu hujayralarda fotosintez protsessi bo'lib turadi. Marshansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o'sib chikkan bo'ladi. Marshansiya 3 xil yo'lda ko'payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko'payish kurtaklar yordamida bo'ladi. kurtaklar marshansiyaning ustki tomoniga joylashgan. kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib: bu uzilgan kurtaklardan marshansiya o'sib chikadi. Yani kurtaklar marshansiya tanasiga aylanadi. Marshansiya 1 jinsli 2 uyli o'simlik hisoblanadi. Bitta marshansiya onalik ekzemplyar hisoblanadi. Otalik va onalik marshansiyalar bir birlaridan kuyidagicha farq qiladi: Otalik marshansiyaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.92 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.92 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga