Reja: 1. YUqori sporali o'simliklarga qisqacha tasnif. 2. Moxsimonlilar bo'limi. 3. Jigarsimon moxlar. 4. Poya va bargli moxlar. 5. Torf hosil qiluvchi moxlar. 6. Moxlarning yashash sharoiti. 7. Qirqquloqsimonlar bo'limi. 8. Qirquloqlar. O'rmon qirqqulog'i 9. Qirqbo'g'imlar. Dala qirqbug'imi. 10. Plaunlar. CHo'qmoqli plaun. 11. Yuqori sporali o'simliklarning kelib chiqishi Yuqori sporali o'simliklar. Tuban sporali o'simliklarning jinsiy organlari bir xujayrali, sodda tuzilgan. Tuban sporali o'simliklar organlarga bo'linmaydi. Yuqori sporali o'simliklarning ko'pchilik vakillari organlarga bo'linadi. Ba'zi bir vakillari organlarga bo'linmaydi. Jinsiy organlari ko'p xujayrali,murakkab tuzilgan. YUqori sporali o'simliklarga 2 ta tip kiradi. 1. Moxsimonlar 2. Qirqquloqsimonlar Moxsimonlar Bu tipga yuqori sporali o'simliklarning eng sodda tuzilganlari kiradi. Shunday bo'lsa ham ular tuban sporali o'simliklarga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan bo'ladi. Moxlar quruqlikda yashashga moslashgan bo'lsa ham, ular asosan nam yerni yaxshi ko'radi. Moxlarni ariq bo'ylarida, botqoqliklarda, zax yerlarda uchratish mumkin. Moxlarning ba'zi bir vakillari organlarga bo'linmaydi. Mas:jigarsimon moxlar. Ko'pchilik vakillari organlarga bo'linadi. Bularda xaqiqiy tuzilgan barg, poya mavjud. Lekin ildiz bo'lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoid - epidermisdan o'sib chiqqan mayda tukka o'xshaydi. Moxlarda yuqori o'simlik-larga nisbatan to'qimalari yaxshi taraqqiy etmagan. Moxlar-ning otaligini anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi. Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraq-qiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo'lda ko'payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Jinsli va jinssiz ko'payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so'ngra jinssiz ko'payish bo'ladi. Jinsli ko'pa-yish natijasida spora xosil bo'ladi. Jinssiz ko'payganda yangi o'simlik xosil bo'ladi. Moxlar 2 sinfga bo'linadi: 1. Jigarsimon moxlar Bularning ba'zi vakillarining tashqi ko'rinishi jigarga o'xshash bo'ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo'linmagan. 2. Poya va bargli moxlar Bularda xaqiqiy poya va barg bo'ladi. Jigarsimon moxlar Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marщansiyani olamiz. Marshansiya(jigarsimon mox). А-urug'chi tanasi, Б-changchi tanasi, В-tanachaning ko'ndalang kesimi, 1- og'izchaning ko'ndalang ko'rinishi, 2-epiderma, 3-xlorogilli hujayra, Г-og'izchaning ustki ko'rinishi. Marщansiyani 1 - marta fransuz vrachi Marщanse topgan va o'z nomiga qo'ygan. Marщansiya zax yerlarda, ariq bo'ylarida o'sadi.Uning tanasining tashqi ko'rinishi bargga o'xshash bo'ladi.Tanasining pastki tomonidan,ya'ni epidermisdan o'sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o'sadi. Marщansiyaning ko'ndalang kesimida tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan. Ustitsaning ichkari tomonida xavo kamerasi bor. Assimilyatsion xamda zapas oziq moddalarni to'playdigan to'qimalar uchraydi. Assimiliyatsion to'qima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bu xujayralarda fotosintez protsessi bo'lib turadi. Marщansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o'sib chiqqan bo'ladi. Marщansiya 3 xil yo'lda ko'payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko'payish kurtaklar yordamida bo'ladi. Kurtaklar marщansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib: bu uzilgan kurtaklardan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.13 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.13 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: doc