Yumshoq bug'doy navlarining qimmatli xo'jalik belgi xususiyatlarini o'rganish Mundarija: Kirish Bug'doyning xalq xo'jaligidagi ahamiyati Bug'doy Seleksiyaning asosiy yo'nalishlari. Bug'doyning yangi navlarini yaratishda qo'llaniladigan seleksiya usullari. Rayonlashtirilgan bug'doy navlarining tavsifi. yumshoq bug'doynavlarining qimmatli xo'jalik belgi xususiyatlarini o'rganish O'simlikning mahsuldor tuplanishi. O'simlik buyi va uning yotib qolishga chidamliligi. Bug'doy navlarining boshoq uzunligi soni va don hosildorligi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat Kirish Ma'lumki, bug'doy yetishtiriladigan maydoni bo'yicha donli ekinlar ichida birinchi o'rinda turadi. Jahon bo'yicha keyingi 30 yil ichida bug'doyga bo'lgan talab ikki barobar ortib, bug'doy yetishtirish miqdori 600 mln. tonnaga yetdi. 1998-200 yillari barcha donli ekinlar maydoniga nisbatan bug'doy eqilish maydoni rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha 23 %, Sharqiy Yevropava MDH bo'yicha 51 %, taraqqiy etgan mamlakatlar bo'yicha 47 %, jahon bo'yicha 32 % ni tashkil etadi. Ilmiy bashoratlarga ko'ra yaqin 20 yilda bo'g'doyga bo'lgan talab 40 % ga oshadi va 2020 yili jahon bo'yicha bug'doyga talab 840 mln. tonnani tashkil etadi. Buning 23 qismi taraqqiy etayotgan mamlakatlar hisobiga to'g'ri keladi. Yuqoridagi talabni qondirish uchun jahon bo'yicha bug'doy hosildorligini gektariga 2,5 tonnadan 4,2 tonnaga yetkazish kerak bo'ladi (Radjaram, 2003). O'zbekistonda 5,4 mln. tonna don yetishtirilib, shuning 4,8 mln. tonnasini bug'doy tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha shu yili 5,1 mln. tonna g'alla yetishtirilib, sug'oriladigan yerlarda o'rtacha 44 sentnerdan hosil olindi. Jahonda yirik seleksioner olimlarning yutuqlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, qancha ko'p boy, genetik jihatdan turli tuman boshlang'ich ashyo o'rganilsa, seleksiya jarayonida ilmiy asoslangan ilg'or usullar ko'llanilsa, Vavilovning uzining madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi ta'limotida seleksiya ishida dastlabki ashyoni tanlash asosiy masala ekanligini kayd kilgan. 200 yildan boshlab jahon kolleksiyasidan kalta poyali yumshoq bug'doy navlarini SIMMIT (Meksika)dan, Butunrussiya O'simlikshunoslik instituti (Sankt- Pnterburg shaxri) dan, O'zbekiston o'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti (Toshkent viloyati) dan, Andijon sug'oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlari ilmiy tekshirish instituti Gallaorol filiali (Gallaorol)dan olingan katta miqdordagi bug'doy seleksiyasi uchun xizmat qiladigan boy boshlang'ich ashyolar o'rganildi. 1.Bug'doyning xalq xo'jaligidagi ahamiyati jahon dehqonchiligida bug'doy ekini yetakchi rolni uynab ekiladigan maydoni va donining yalpi hosili bo'yicha birinchi urinni egallaydi va 216,220 mln gektar yerga ekiladi. U asosan non, konditer yoki makaron mahsulotlari tayyorlash uchun, un ishlab chiqarish maqsadida ekiladi. Bundan tashqari bug'doy donidan turli yormalar tayyorlanadi. Maxsus yaratilgan navlari yemish tayyorlashga xizmat qiladi. Bug'doyning kepagi, paholi, somoni, tufoni yuqori ozikaviy ahamiyatga ega. Uning kepagi xamma qishloq xo'jalik hayvonlari uchun yuqori konsentratlangan yem. Kepagidan omixta yem tayyorlashda xam foydalaniladi. Undagi hazm buladigan oqsil miqdori arpa doniga nisbatan 1,5 barobar ko'p. Oziq - ovqat mahsuloti sifatida bug'doy unidan turli ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.58 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.58 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: docx