Yusin toifa (moxtoifa) - (bryophyta) o'simliklar

Yusin toifa (moxtoifa) - (bryophyta) o'simliklar

O'quvchilarga / Botanika
Yusin toifa (moxtoifa) - (bryophyta) o'simliklar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Yusintofa o'simliklar. Sinf (ajdodi) jigarsimon yusinlar Sinf (ajdod) antoserotsimon yusinlar. Sinf (ajdod ) poyabargsimon yusinlar. Bu bo'limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya'ni tur soni jihatdan yuksak o'simliklar orasida gulli o'simliklardan keyin 2 chi o'rinda turadi. Ular sodda to'zilishga ega ut o'simliklar bo'lib suv o'tlariga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (kattana) shaklida, ildizi yuk, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Barglari oddiy o'troq, tomiri faqat barg markazida o'rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo'lmaydi. Shuningdek yusinlarda naychalarning bulmasligi ham o'ziga xos belgi hisoblanadi. Yusinlarning tallom yoki barg-poyali vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi shundaki, ularda jinsiy organ arxegoniy va anteridiylar shakllanadi. Anteriydan hosil bo'lgan spermatozoid bilan arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigota va undan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so'ng jinssiz ko'payish boshlanadi. Sporali yuksak o'simliklarning boshqa vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy boglangan. Chunki sporofit suv va ozukani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun ham yusintoifalarda gametofit davri ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o'simliklarda esa sporofit bugin mustaqil yashaydi. Shu bone bo'lim vakillari yuksak o'simliklar shajarasida alohida o'rinda turadi. Yusinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuk tundra zonasigacha bo'lgan hududlarda uchraydi. Yusintoifalarining taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana biri yetilgan sporadan protonemaning o'sishidir. Protonema ko'pchilik yusinlarda ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andrea yusinlari gametofitining dastlabki fazasida plastinka shaklida bo'ladi. Jigarsimon yusinlarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali yoki poya-bargli gametofit taraqqiy etadi. Yusinlar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica) protonemasi yaxshi urganilgan. Uning sporasi qo'lay sharoitda o'sib, undan shoxlangan ipcha hosil bo'ladi. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bo'linishi hisobidan o'sib boradi. Shundan so'ng ipcha shoxlanib,unda gametofor kurtaklar hosil bo'ladi. Yusinlarning bunday ipsimon protonomasi tashqi ko'rinishi jihatidan yashil suv o'tlariga juda uxshaydi. Shunga ko'ra yusintoifalarni yashil suv o'tlaridan kelib chiqkan degan taxminlar yuzaga kelgan. Birok bu fikrni tasdiklovchi asosli faktlar yuk. Hozirgi klassifikasiyalar bo'yicha yusUshtoifa o'simliklar bo'limi 3 ta sinfga (ajdodga) bo'linadi: Jigarsimon yusinlar - Marchantiopsida Antoserotasimon yusinlar - Anthocerotopsida Poya-barg yusinsimonlar - Bryopsida 1 Ayrim biologlar 1 chi va 2 chi sinflarni birlashtirib 1 chi sinfni jigarsimonlarning kichchik sinfi yoki qabilasi deb qaraydi. SINFCHA (AJDODCHA) JIGARSIMON YUSINLAR -MARCHANTIOPSIDA. Jigarsimon yusinlar gametofitining xilma-xil bo'lishi va sporafitining deyarli o'xshash bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bu sinfga 300 ga yaqin turkum va 600 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko'pchiligi tropikadp tarqalgan bo'lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yusinlar sinfining vakillari vegetativ, jinsiy va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.4 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.4 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga