Yuvenil bosqich Reja: Vegetativ massaning ko'payishi Barg va poyaning shakllanishi hamda o'sishi Ontogenezning yuvenil bosqichi yoki yoshlik bosqichi o'z ichiga urug'ning unishini yoki vegetativ qismlarning (tuganak, novda, piyozbosh) ko'karishi va ildiz, poya, barg kabi vegetativ organlarning shakllanishini o'z ichiga oladi. O'simliklar bu bosqichda ko'paya olmaydi yoki ularda ushbu xususiyatlar juda kuchsiz rivojlangan bo'ladi. Bundan kelib chiqib yuvenil bosqichni ikki fazaga yani o'simtaning rivojlanishi va vegetativ massaning yig'ilishi bosqichlariga bo'lib qarash mumkin. Birinchi fazada o'simta yoki maysa ma'lum bir ekologik uchastka-oziqlanish muhitiga bog'lanib avtotrof oziqlanishga o'tadi. Ikkinchi bosqichda esa geterotrof oziqlanishga moslashgan ko'payish organlari, shakllanayotgan urug' va mevalarni oziqlantirish uchun zarur bo'lganyetarli darajadagi vegetativ massa yig'iladi. O'simliklarning yuvenil bosqichi uchun xos xususiyatlar bu metabolik jarayonlarning jadal ketishi, vegetativ organlarning tez o'sishi va rivojlanishidir. Shuningdek yuvenil bosqichda o'simliklarning to'qima va organlaridagi fitogormonlarning miqdori yuqori bo'ladi. Yuvenil bosqichning muddati har xil o'simliklarda turlicha bo'ladi. Masalan, bir yillik o't o'simliklarda bir necha hafta bo'lsa, daraxtlarda bir necha o'n yillar bo'lishi mumkin. Vegetativ massaning ko'payishi. Yosh o'simliklarda vegetativ massaning ko'payishi yangi metamerlarning (barg, kurtak, bo'g'im oralig'i va bo'g'im) hosil bo'lishi hisobiga boradi. Shuningdek ildizning uzunasiga o'sishi, yon va qo'shimcha ildizlarning hosil bo'lishi ham vegetativ massaning ko'payishiga sababchi bo'ladi. Novda va ildizning o'sishida murakkab gormonlar tizimi qatnashadi. Novdaning uchida xususan barg kurtaklarida auksin sintezlanadi. Auksin parenxima to'qimalari orqali ildiz uchigacha yetib keladi. Uning tuqimalardagi harakatlanish tezligi 0,7-1,5 smG'soat atrofida. Auksinning harakatlanishi qutblanish asosida boradi, yani auksin N+-ionlari bilan birgalikda uning harakatlanishida qatnashuvchi hujayraning apikal tomoniga birikkan bo'ladi. Hujayraning bazal tomonida esa plazmalemmada ko'chiruvchi-oqsillar joylashgan. Ushbu oqsillar fitogormonni hujayradan apoplastga ko'chiradi. Apoplastdan esa auksin yana boshqa keyingi hujayraga o'tadi. Auksinning qutbli tashiluvi energiya talab qiluvchi jarayon bo'lib C2 yutilishi va N+-nasoslarining plazmalemmadagi holati bilan bog'liq. Uning o'zi esa auksin tomonidan faollanadi. Novda apikal meristemalarida auksin sitokinin bilan birgalikda hujayralarning bo'linishi uchun zarurdir. Cho'zilish zonasida auksin hujayralarning o'sishini jadallashtiradi. Ildizga yetib kelgan auksin uning o'sishini va morfogenezini boshqaradi yani kichik kontsentratsiyalarda hujayralarning bo'linishi va chuzilishini tezlashtiradi. Ildizlardagi auksinning miqdori ortib ketsa uning apeksidagi hujayralarning bo'linishi va o'sishi to'htaydi, ammo yon ildizlarning hosil bo'lishi kuchayadi. Binobarin yangi, yosh barglarning rivojlanishi tufayli auksin miqdorining oshishiga, bu esa yon ildizlarning hosil bo'lishiga olib keladi. Ildizning apikal meristemalarida sitokinin (zeatin) sintezlana boshlaydi. Sitokinin ksilema shirasi bilan birgalikda o'tkazuvchi to'qimalar orqali passiv ravishda o'simlikning yer ustki qismlariga yetib keladi. Ushbu gormon novda apeks hujayralari bo'linishiga, kurtaklar va novdaning rivojlanishiga olib keladi. Mana shu qarama-qarshi bog'liqlik o'simlikning o'z-o'zidan rivojlanishi asosida yotadi. Gibberellin urug'ning unishi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.19 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.19 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: doc