Z. M. Boburninng tabiatshunoslikka oid qarashlari

Z. M. Boburninng tabiatshunoslikka oid qarashlari

O'quvchilarga / Botanika
Z. M. Boburninng tabiatshunoslikka oid qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Z.M.Boburninng tabiatshunoslikka oid qarashlari Insoniyatning shakllanishi va rivojlanishining butun tarixi tabiiy muhit bilan o'zaro chambarchas bog'liqda o'tgan. Bu ma'lumotlarni tushunish inson ongining shakllanishida muhim rol o'ynagan. Qadimgi odamning atrof-muhit haqidagi fahmlashi ilmiy xarakterda bo'lmagan va doimo anglab yetilmagan, ammo vaqt o'tishi bilan aynan ular ekologik bilimlar to'planishida manba bo'lib xizmat qiladi. Bizga ko'plab eski yozma manbalarda hayvon va o'simliklarning turli nomlari tilga olinib qolmasdan, ularning hayot faoliyati haqidagi batafsil ma'lumotlar xabar qilinadi. Shu bilan birga bu kitoblarda katta e'tibor atrof muhit tozaligiga qaratiladi. Markaziy Osiyo planetamizning eng qadimgi siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo'lgan. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan olimlar dunyo tarixi, ilmu-faniga, madaniyatiga ulkan hissa qo'shganlar. Ularning bir qator asarlari dunyo yodgorliklari sifatida so'nmas iz qoldirgan. XV asrning shunday yodgorliklaridan biri Z.M.Boburning «Boburnoma» kitobi hisoblanadi. O'zining kuchli qobiliyati bilan Bobur tarixga nafaqat sarkarda, balki hukmdor va shoir, shu bilan birga boy ilmiy merosini qoldirgan olim sifatida kirib keldi. «Boburnoma» o'zining hajmi va qiymati, materiallarning boy va rang-barangligi bo'yicha Bobur ilmiy merosida birinchi o'rinni egallaydi. Chunki bu tevarak olamni chiroyli kuzatishlar asosida tuzilgan. «Boburnoma» da O'rta Osiyo fauna va florasi, tabiati, iqlimini tasvirlashning ajoyib xususiyatlari berilgan. Bobur kuzatuvlari shunchalik aniq va obrazliki, ular o'zining mazmuni va ma'nosi jihatidan XIV- XX asrdagi mashhur Yevropasayohatchilari ma'lumotlaridan ajralib turadi, shu bilan birgalikda ko'p holatlarda to'liq va ishonchli bayonlari bilan chet ellik sayyohlarning materialidan ustunlik qiladi. Boburnomaning katta bir qismi tabiatshunoslik fanlari, xususan geografiya, biologiya, ekologiya, sistematika sohalariga bag'ishlangan bo'lib, ularni o'rganish, ilmiy izlanishlarda foydalanish va barkamol avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bobur zamonasida biologiya, ekologiya hali fan sifatida shakllanmagan bo'lsada, u o'zining asarida tabiat va undagi muvozanat, o'simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytgan. U shunday deb yozadi: «Xost, Badaxshon shimoliy tog'lari butunlay archa bilan qoplangan, o'simliklari serob bo'lib, qiyalanib ko'tariladi. O't o'simliklar tog'larda, tepaliklarda, vodiyda bir xil va yaxshi. Lamganota va Bajuriy tog' massivlarida ko'plab qarag'ay, piniya, eman daraxtlari o'sadi. O'tlar u yerda zich va baland. Ammo bu ahamiyatsiz o'tlar. U ot va qo'ylar uchun yaroqsiz». Qobuldan g'arbda joylashgan tog' massivini tasvirlar ekan, jumladan janubiy tog'lar xususida Bobur shunday yozadi: «Tog' va tepaliklardagi o'tlar shimoliy tog'lardagidek emas; shunday zich daraxt va archalar u yerda yo'q, ammo u yerdagi o'tlar ot va qo'ylar uchun foydali». Bir qarashda daraxt va o'simliklarning u yoki bu turini janubiy quyoshli, aksincha shimoliy soya tushgan tog' tomonlarda o'sishga moslashishi insonga qiziq tuyuladi. Biroq ushbu ekologik o'rinlarda aniq hayotiy formalarning qatnashishi yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 446.99 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 446.99 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga