Mavzu: Zuluklar (Hirudinea) va parazit mollyuskalar REJA: 1. Zuluklar(Hirudinea) sinfi. 2. Parazit mollyuskalar. Zuluklar (Hirudinea) sinfi. Zuluklar sinfiga 450 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan chuchuk suvlarda, bir qismi esa dengizlarda yashaydi. Umurtqali hayvonlarda vaqtincha ektoparazitlik qilib yoki yirtqichlarcha hayot kechiradi. Ular asosan qon so'rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ayrimlari quruqlikda yashashga ham moslashgan. Masalan, tropik nam o'rmonlarda, quruqlikda Avstraliya, Janubiy Osiyo, Yaponiya va boshqa janubiy mamlakatlarda 3-5 sm li qonxo'r jag'li zuluklar daraxtga yopishgan holda hayvon yoki odam o'tishini poylaydi va ko'pincha ularga tashlanib, azob beradi. Zuluklar juda ham harakatchan, suv ostida o'rmalab yoki suvda so'zib yashaydi. Ularning tanasi yelka qorin tomonga yassilanganligi bilan boshqa halqali chuvalchanglardan farq qiladi. Tanasining oldingi uchida muskulli so'rg'ichi bo'lib, uning o'rtasida og'iz teshigi joylashgan. Gavdasining keyingi uchida esa juda yaxshi rivojlangan orqa so'rg'ichi joylashgan. Orqa so'rg'ichining yelka tomonida anal teshigi bor. Zuluklar boshqa halqali chuvalchanglardan orqa so'rg'ichlarining bo'lishi, ularda parapodiyalar, jabralar, qillarining bo'lmasligi (qillar faqat primitiv turlarida, ya'ni qildor zuluklardagina saqlangan) bilan keskin farq qiladi. Bundan tashqari, zuluklar gavdasining tashqi halqalari ichki halqalariga to'g'ri kelmaydi, ya'ni tashqi segmentlari bilan ichki segmentlarining mosligi buzilgan. Zuluklarning turli vakillarida har qaysi haqiqiy ichki segmentiga 3 tadan 5 tagacha tashqi segmentlar to'g'ri keladi (tibbiyot zulugida 5 ta tashqi segment to'g'ri keladi). Zuluklarning tashqi halqalanishi tashqi muhitga moslashish xususiyatlaridan bo'lib, bu qalinlashib ketgan teri-muskul qopchig'ining egiluvchanligini ta'minlaydi. Zuluklar tanasining uzunligi 1 sm dan 30 sm gacha boradi. Zuluklar harakatlanganida, oldin orqa so'rg'ichi bilan biror narsaga yopishib olib, gavdasini oldinga cho'zadi, shunda oldingi og'iz so'rg'ichi bilan boshqa narsaga yopishib oladi. Bu vaqtda orqa so'rg'ichi narsadan ajraladi va gavda bosh tomonga qarab tortadi. Shu tariqa ular qadamlab harakat qiladi. Zuluklarning haqiqiy ichki segmentlari doimiy bo'lib, ularning soni 33 ta bo'ladi (qildor zuluklar turkumi vakillarida segmentlar soni 30 ta). Bunda gavdasining oldingi 4 ta segmenti og'iz so'rg'ichini, 22 ta segmenti gavda bo'limini, 7 ta oxirgi segmentlari qo'shilib orqa so'rg'ichini hosil qlladi. Laboratoriya sharoitida 1,5 yil davomida 44 sm ga yetadigan zuluk o'stirilgan Zuluklar 2-3 yilda voyaga yetadi va 15-20 yil umr ko'radi. Zuluklar sinfi 2 ta kenja sinfga bo'linadi: 1. Qadimgi zuluklar (Archihirudinea) kenja sinfi; 2. Haqiqiy zuluklar (Euchirudinea) kenja sinfi. Qadimgi zuluklar kenja sinfiga qildor zuluklar (Acanthobdella) turkumi kiradi. Bu turkumga faqat 2 ta tur kirib, ular losos baliqlarida parazitlik qiladi. Tana uzunligi 3 sm gacha boradigan bu zuluklarda oz qilli halqali chuvalchanglarga xos tashqi belgilari, jumladan, bosh tomonidan 2 segmentdan 6 segmentgacha har bir segmentida 4 juftdan yirik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 13:22:55
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:31 ]
Arxiv ichida: pptx