'Avesto' - Tarix va ma'naviy dunyomiz sarchashmasi. 'Avesto' - Turonu Eron xalqlari ajdodlarning islomdan avvalgi dini, ya'ni zardushtiylikning muqaddas kitobi. Mohiyatiga ko'ra 'Avesto' miloddan avvalgi 2 ming yillik o'rtalaridan 1 ming yillik boshlarigacha o'lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlarning hamda ilk davlatchilik munosobatlari tarixning qomusiy yozma yodgorligidir. 'Avesto' kitobi ko'p qatlamli. Uning tarkibijdan ibtidoiy davrlarga tutashadigan asotirlar, olamning oqilona munosiblikda mukammal yaratilishi haqidagi tasavvurlar, odamzodning ezgulik, baxtiyor va farovon, g'amu anduhsiz hayot, adolatli ijtimoiy boshqaruv, havf-hatarsiz turmush, sog'lom tan, teran aql, soliq va dono farzandlar, oqila ayol, totuh oila, gurkiragan ko'm-ko'k bepayon yaylovlar, to'q va semiz chorva, suvlari ma'mur, serhosil ekin dalalari haqidagi orzu umidalar o'rin olgan. 'Avesto' kitobining yaratilgan makoni sifatida ishonch bilan O'rta Osiyoni ko'rsatish mumkin. Bu bugungi O'zbekisston, xususan, Xorazm, Sug'd va unga tutash o'lkalardir. 'Avesto' kitobidagi geografik - tarixiy ma'lumotlar shundan dalolat beradi. Qadimgi Baqtriya va Eronga oid bazi geografik nomlar 'Avesto'ga zardushtiylik dini O'rta Osiyodan chiqib, shu o'lkalarga yoyilgan paytlarda kirganligi shubhasizdir. 'Avesto'ning kitob qilinish tarixi bir necha bosqichdan iborat. Dastlab oromiy yozuvi vositasida uning matnlari teriga yozib olingan. Bu bosqich Turon zaminida turli qabila va qavmlarni ilk davlat tuzilmalari atrofida uyishtirishga xizmat qilgan. Chunki 'Avesto' borliq dunyonig yaralish asoslarini yagona deb e'lon qilgan va bu tizimga ko'rsatiladigan har qanday tazyiqni qoralaydi. Aksincha, bu tizimni yanada barqaror rivojiga xizmat qilishni odamzod uchun farz qilib qo'yadi. Uning tartibotlari mutlaq va buzilmasdir. Uni har qanday tarzda buzishga urinish yomon oqibatlari bilan buzg'unchini o'zini halok etadi. Inson sharafli va ma'sul mavjudot sifatida ilohiy va oqilona yaratilgan dunyoning ezgu asoslarini rivojlantirishi lozim. 'Avesto' zardushtiylik dini dunyo qarashini falsafiy axloqiy tizimini o'zini mujassam etgan. Xususan, bu kitob bronza davri qabilalari va urug'larining boshini adolat bilan boshqariladigan ijtimoiy uyg'unlashuv, yurtchilik, elchilik g'oyalari atrofida birlashtirishga xizmat etgan desak, bu ta'rif ham asar mohiyatini ochishga ojizlik qiladi. Muhimi shuki 'Avesto' ilk bora insoniyat ongiga dunyoni taratgan yakka-yagona zotning borligi, uning nomi Axura Mazda ekanligi haqidagi fikrni etishtirdi. Ya'ni odamzod tarixida ilk bora vahdoniyat, yakka hudolik tushunchasi paydo bo'ldi. Qabilalararo nizolar, bosqinlar, qonli janglar, g'oyaviy tortishuvlar zamonida bu buyuk jasorat va inqilobiy hodisa edi. Insoniyat uchun tinch, osoishta hayot, yaratuvchi mehnat, tabiat bilan ongli uyg'unlikda tillashib-dillashib yashay bilish, ijtimoiy axillik, kengashlilik va mehru oqibatchilik asosida kelishib hayot ko'rish, o'zaro yordam, kengbag'r, olijanoblik, xaqgo'ylik, niyat xolisligi, so'zda rostlik, lutfu nafosat va andisha, amalda esa to'g'rilik, xudo buyurgan ezgu maqsadga, ya'ni yaxshilik dunyosi ravnaqiga xizmat qilish, insoniyat qalbidan yovuzlikni chiqarish, niyatni yomonlikdan poklash, tan va ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx