Toshkent DAVLAT YuRIDIK INSTITUTI IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR kafedraSI RYeFYeRAT Mavzu: Barkamol avlod tarbiyasida islom dinining o'rni va roli Tayyorladi.E.Hamroev Toshkent -2012 Mavzu: Barkamol avlod tarbiyasida islom dinining o'rni va roli Reja: Kirish ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash zamon talabi Jismoniy va ma'naviy poklikka intilish islom axloqining muhim yo'nalishi. Komil inson va uning sharqona talqini Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish. Quronning vujudga kelish jarayoni Sharq olami uchun buyuk o'zgarishlar davri, Sharq uyg'onish davrining boshlanishiga sabab bo'ldi. Natijada, Yer yuzining katta qismida yashayotgan hududlarda islomiy ma'naviyat - halol bilan haromni, iymrnsizlik bilan iymon - e'tiqodni, diyonat bilan diyonatsizlikni qatiy chegaralarini aniq belgilash imkoni tug'ildi. Islom insoniy poklik, fozillik va komillikning ilohiy bulog'i sifatidagi hayotbahshchashma, ma'naviy qashshoqlik botqog'iga botganlar uchun shifo, so'qir ko'zlarga nur, malham bo'ldi. Albatta, ilmiy bilimlar bilan moddiy olamning sir-asrorlariga, chunonchi, Yer kurramizda mavjud narsa, predmet, jonli va jonsiz tabiatmohiyatiga muayyan darajada etish mumkin. Biroq borliqdagi ilohiy olamni va uning inson ruhiy dunyosi bilan sirli bog'lanishi, shuningdek, tanani tark etgan inson ruhining keyingi taqdiri, holati muammosi faqat ilohiy ilmga daxldordir. Bashariyat uchun tushirilgan so'nggi din bo'lmish Islom, uning asosi Quroni karim foniy dunyo bilan abadiyat dunyosining muvozanatini ta'minlaydigan, insoniyatni eng ishonchli hidoyat yo'lidan boshlashga qodir ma'naviy-ilohiy manba. Uning nurli yo'li insonlarni komillikka etaklash, eltishdan iborat. Islom ta'limoti bilan hayotiy zarur darajada qurollangan odam xoh oilada bo'lsin, xoh ahli jamoa yoxud jamiyatda bo'lsin osoyishtalik, poklik, halollik, pokizalik, harom yo'l, mehnatsiz topilgan boylikdan yiroqlik, mehr-oqibat, davlati, xalqiga sadoqat jabhasi tarafida turadi. Gunoh va savob chegarasini anglashda hech qachon adashmaydi. Insoniy va vijdoniy ogohlik, uyg'oqlik makonini har qanday vaziyatda tark etmaydi. Negaki, halol va haromni ajrim qilgan inson Yaratgan oldidagi iymoniy mas'uliyatni har qanday og'ir sharoitda ham bor vujudi bilan his qiladi. Amal qilishda ham sobit turadi. Bu holda unda moddiy foyda yoki zarar ko'rish maqsadi o'z ahamiyatini yo'qrtadi. Holbuki, odamlar diyonatdan ko'z yumib, nohalollik tomonga toyib ketishadi. Bundan davlat, jamiyat va o'zga shaxs qancha zarar ko'rmasin, u o'z nafsi va manfaati oldida taslim bo'ladi. Rivojlanish va iqtisodiy taraqqiyotini, butun jamiyatni orqaga tortuvchi, emiruvchi, tanazzulga yo'l ochuvchi kuch bu - iymon-e'tiqodsiz, subutsiz, hech narsadan parhez qilmaydigan kishilardir. Iymon butligi va unga sobitlik esa ham tana, ham ruhiy pokizalikni saqlash imkonini beradi. Agar bu holatga butun bir millat miqyosida erishilsa, jamiyatimiz, mamlakatimiz miqyosidagi tozarish, hayotiy farovonlikni yanada ko'proq his qilish mumkin. Xuddi dunyoviy ilm yaxshi o'rganilmasa, u ilm bo'lmagani kabi diniy ilmlarning yetishmasligi ham bu ulug' ta'limot to'g'risida noxush, salbiy fikrlarning tarqalishi, shuningdek, undan uzoqda bo'lgan ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.83 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
52.83 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx