Buddaviylik dini va Buddizm

Buddaviylik dini va Buddizm

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Buddaviylik dini va Buddizm - rasmi

Material tavsifi

Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga e'tiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6-5-asrlarda Hindistonda paydo bo'lgan. Markaziy Osiyo, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, ya'ni jahonning salkam 23 kismi aholisi ma'naviy qadriyatlariga juda katta ta'sir ko'rsatgan. Rivoyatlarga ko'ra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yo'nalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda ko'p sekta va mazhablarga bo'linadi. Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir o'zgarmas narsa yo'q, hatto xudo ham o'zgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud bo'lib, ularning har biri yo'qolib, keyingisiga o'rin beradi. B. ta'limotiga ko'ra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning o'zi sabab bo'ladi. Zero u, garchand befoyda bo'lsada, o'z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun ko'ngil xush ko'rgan barcha narsalardan o'zini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolg'ondan, o'g'rilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan o'zini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), bodxi, ya'ni xotirjamlikka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa - Budda, Dharma va Sangxaga e'tiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma - Gautama qoldirgan ta'limot. Bu ta'limotning eng qisqa bayoni to'rt oliy haqiqatdan iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yo'l mavjud. Sangxa - Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat ko'rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor ma'noda bu - o'tgan ayerlarda oliy haqiqatga yetishgan ko'plab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolg'on so'zlamaslik; 3) o'g'rilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy ko'ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq o'rinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan - oqsoqollar ta'limoti)ga xosdir. Maxayanada haqiqat yo'li har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (ya'ni oddiy qavm)ga ham; Buddaga e'tiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.83 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.83 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga