Buddaviylik dini

Buddaviylik dini

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Buddaviylik dini - rasmi

Material tavsifi

Buddaviylik dini Buddaviylik asoschisining shaxsi Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko'plab buddaviylik bilan shug'ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Siddxartxa Shakya qabilasining podshohlaridan biri Shuddxodananing o'g'li edi. Uning saroyi Ximolay tog'lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo'lgan. (Hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o'g'lini orzu havaslar og'ushida tarbiyalar, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Ulg'ayib qo'shni podshohlardan birining qizi Yashadxaraga uylanadi va o'g'il ko'rib, unga Raxula deb ism qo'yadi. Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko'rmay o'sgan bola Siddxartxa ittifiqo qarigan cholni, bemorni, og'ir mehnatli bir rohibni uchratadi. Bundan qattiq ta'sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo'llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohibga ko'shilib, ular bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko'p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo'llarida malum maqsad yo'qligini va bu yo'l o'z oldiga qo'ygan maqsadi - insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. U chakalakzor o'rmonlarda kezib, charchab bir daraxti tagida dam olish uchun o'tiradi va o'ziga toki haqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikni vada beradi. Bu o'tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko'z oldida butun borliq namoyon bo'ladi. U hamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko'radi. Hech bir joyda osudalik yo'q edi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko'zlab o'tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch - Krishna - yashash, mavjud bo'lish umidi barchaning tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligin angladi. Shu ondan u Budda - nurlangan deb ataldi. U tagida o'tirgan daraxt esa - nurlangan daraxt deb atala boshladi. 2. Buddaviylik ta'limoti Budda o'zining birinchi davatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog'ida, o'zining besh rohib do'stlariga qildi va o'shalar uning birinchi shogirdlari bo'ldilar. Shu kundan boshlab Budda o'z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o'z ta'limotni tarqatib o'ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o'z ta'limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o'tdi. Buddaning ilk davatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o'z ifodasini topgan. Birinchi haqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir. Ikkinchi haqiqat - «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma'naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo'lishga intiladi. Uchinchi haqiqat - «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 119.09 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 119.09 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga