Buddaviylik tarixi

Buddaviylik tarixi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Buddaviylik tarixi - rasmi

Material tavsifi

buddaviylik tarixi Reja: 1. Buddizmning paydo bo'lishi. 2. Buddizm asoschisi. 3. Ta'limoti haqida. 4. Buddizmning tarqalishi . Buddizmning paydo bo'lishi. Buddizm dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mioddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar , asosan, Janubi Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari : Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya , Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Yevropava Ameri- kada, Rossiyaning Tuva, Buryatiya kabi Respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda e'tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so'ng to'rtinchi o'rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. Atrofida bo'lib , ulardan 1mln. ga yaqini rohiblardir. Buddizm bundan 2600 yil avval Hindistonda diniy- falsafiy ta'limot sifatida vujudga kelib, unda ko'plab diniy manbalar va diniy yo'nalishlar mavjud. Buddizm hayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib bordi. Ayni kunda bu dinga e'tiqod qilib kelayotgan Sharq mamlakatlaridagi buddizm ta'limotini o'rganlish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy , ma'naviy madani- yatni tushunishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bu davlatlarda ushbu dinga e'tiqod qiluvchilar nazarida buddizmning qoida va an'analari markaziy hukumat qonunlaridan ko'ra ustunroqdir, tabiiyki, buning zamirida uning potensial kuchi yotadi. Binobarin buddizm- najot dinidir. Bu dinning paydo bo'lishiga Hindiston jamiyati hayotidagi Siddxartxa yashagan davr urug' qabilachilik munosa -batlari yemirilayotgan va dastlabki davlatlar vujudga kelayotgan davr edi. Bundan tashqari , Hindistonda kastachilik tartibi nihoyatda kuchli edi. Jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlar Hindiston aholisining past tabaqa- lari ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi. Odamlar eng muqaddas deb hisoblagan qadriyatlar ko'z o'nglarida yo'qola boshlagan. Odamlar bu holatni kishilik jamiyati inqirozi, deb hisoblaganlar. Ana shunday sharoitda ular najotga muhtojlik sezganlar. Bu muhtojlikning aks-sadosi sifatida buddaviylik dini- najot dini vujudga kelgan. Bu din Hindistonda keng tarqala boshlagan. Chunki, u jamiyat turli tabaqa- larining manfaatiga javob berardi. U kshatriylar uchun brahmanlarning hukmron mavqeiga, imtiyozlariga, shuningdek, kastaviy kamsitishlariga arshi kurashda qurol bo'lib xizmat qilardi. Oddiy mehnatkash xalq ommasiga esa bu din o'zlarining oqir ahvollaridan qutulish yo'llarini ko'rsatgandek bo'lgan. Brahmanlik dini esa hatto aldanish ko'rinishida bo'lsa ham bunday yo'lni ko'rsarta olmagan. Eng past, huquqsiz kasta a'zolari ham buddaviylarning monaxlik jamoasiga a'zo bo'lib kira olardilar. Bu bilan ular jamoaning teng huquqli a'zosiga aylanardilar va ma'lum insoniylik huquqlariga ega bo'lar- dilar. Bundan tashqari, bu din-og'ir qurbonliklar qilishni, murakkab marosim -larni bajarishni talab etmasdi. Ayni paytda, bu din ta'limotidagi kuch ishlatmaslik to'g'risidagi qoida hukmron sulolalar manfaatiga ham to'la javob bergan. Chunki, bu qoida ularga o'z fuqarolarini itoatda tutishlarida katta omil hisoblangan. Shuning uchun ular ham bu dinni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 113.89 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 113.89 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga