Buddaviylik va Buddizmning kelib chiqishi

Buddaviylik va Buddizmning kelib chiqishi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Buddaviylik va Buddizmning kelib chiqishi - rasmi

Material tavsifi

Buddaviylik Reja: Buddaviylik (Buddizm)ning kelib chiqishi. Muqaddas matnlari. Buddaviylik ta'limoti. Buddaning to'rt haqiqati. Diniy marosimlari va oqimlari. Markaziy Osiyoda buddaviylik. Tayanch tushunchalar: Budda, to'rt oliy haqiqat, najotning oliyjanob sakkiz yo'li, Tipitaka, Pancha shila, mahayana, xinayana, vajrayana, lamaizm, botthisatva, sansara, nirvana, axloq, donolik, mediatatsiya. Diniy-falsafiy ta'limot sifatida vujudga kelgan buddaviylik bugungi kunda e'tiqod qiluvchilar soniga ko'ra, xristianlik, islom dinidan keyingi o'rinda turadigan jahon dinlaridan biri hisoblanadi. Buddaviylik milodning I asrida Xitoyga tarqalgan bo'lsa, IV asrda Koreyaga, VI asrda Yaponiyaga, VII asrda Tibetga yoyildi. Shunday bo'lsa-da, XII-XVI asrlarda Mo'g'ulistonga, XVI-XVII asrlarda Buryatiya va Tuvaga, XIX-XX asrlarda Amerika va Yevropaqitasiga kirib bordi. XII-XII asrlarda Hindistonning Shimoliy hududida boburiylar sulolasi xukmronligi o'rnatilishi va islomning tarqalishi, qolgan hududlarda hinduiylik dinining to'la qaror topishi natijasida buddaviylik o'zi paydo bo'lgan Vatani Hindistondan siqib chiqarilganini alohida qayd etish lozim. Buddaviylik miloddan avvalgi VI-V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga keldi. Bu davrga kelib ko'p xudolikka asoslangan vedachilik, braxmanlik, jaynizm yangi ijtimoiy sharoitga javob bera olmay qolgan edi. Buddaning bo'ysunish va itoatkorlik, azob-uqubatlardan qutulishning asosiy yo'li, aql farmoniga bo'ysunish orqali inson oliy saodatga erishishi mumkinligi haqidagi g'oyalari o'sha davr ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotini yorqin aks ettirar edi. Buddaviylikning asoschisi Siddhartha (sanskritcha ezguliklar keltiruvchi) Gautama Shakyamuni (mil. av. 567-488 y.) real tarixiy shaxs bo'lib, Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavasta viloyatining Shakya qabilasi hukmdori oilasida tug'ilgan. Manbalarda uning ot minish, ov qilish, yugurish, kurash, sher o'qish, husnixat va boshqa sohalarda mahoratli bo'lgani, bilimlarni oson o'zlashtirgani uchun donishmandlar unga saboq berishga ojiz qolganlari qayd etiladi. Azob-uqubat, kasallik, qarilik va o'lim haqidagi haqiqatlardan ogoh bo'lgan Siddhartha umrini inson boshiga tushadigan azob-uqubatlar sabablarini o'rganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun bag'ishlashga qaror qilib, 29 yoshida oilasini tark etadi va sayyor darveshlarga qo'shiladi. Olti yil davomida Ganga daryosi qirg'oqlarida rohiblar orasida zohidona hayot kechiradi. Siddhartha bu yo'l uni o'z oldiga qo'ygan maqsad, yani insoniyatni azob-uqubatdan qutqarish sari olib bormasligi, tana faolligini so'ndirish haqiqat yo'li emasligiga amin bo'lgach, rohiblar jamoasidan ajraladi. Rivoyat qilinishicha, Siddhartha 35 yoshida mediatatsiya (lotincha - fikrlash, o'ylash, diqqatni bir joyga to'plab, ongini oliy haqiqatga erishish g'oyasiga qaratish) uchun bir daraxtning ostida dam olib o'tiradi va haqiqatni topmaguncha u yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o'tirishning 49 kuni uning qalbidan Sen haqiqatni topding degan sado keladi. Uning ko'z oldida butun borliq namoyon bo'ladi. U hech bir joyda osudalik yo'qligini, hamma joyda shoshilish, intilish, harakatni ko'radi. Hayot nihoyasiz uzoqlikni ko'zlab o'tib ketayotgani, yashash, mavjud bo'lish umidi barchaning tinchini buzib, halok qilayotgani va yana qayta yaratayotganini anglab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.06 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.06 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga