Mavzu: Buddizm va xristianlik dinlari Reja: 1. Motivatsiya 2. Buddaviylik 3.Xristianlik Motivatsiya:Hozirgi kunda mamlakatimizda islom dini qatori xristianlik va buddizm dinlariga e'tiqod qiluvchilar mavjud.Ularning dinlari haqida ma'lumotga ega bo‗lish. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib,eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi - Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V'etnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Yevropava Amerika qit'alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an'analar bilan kirisha olishi bo'lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, ju mladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo'ldi. Buddaviylki asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Buni ko'plab buddaviylik bilan shug'ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi fol'klor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxarta - shaxsiy ismi, Gautama - urug' ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqgan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib shunday ketgtan, Djina - g'olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo'lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik ) nomi berilgan. Rasmiy buddaviylik hisobiga ko'ra esa Butama - Budda yer.av. 623 yilda tug'ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko'pchilik tadqiqotchilar uning tug'lishini yer. Av. 564 yilda, o'limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba'zan 560 - 480 deb to'liq sonlar bilan ko'rsatadilar. Budda o'zining birinchi da'vatini Varanasi yaqinidagi Rishipanatana bog'ida, o'zining besh rohib do'stlariga qildi va o'shalar uning birinchi shogirdlari bo'ldilar. Shu kundan boshlab Budda o'z shogirdlari bilan qishloqma -qishloq yurib o'z ta'limotini tarqatib o'ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o'z ta'limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o'tdi. U ning jasadi hind udumiga ko'ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo'lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta'limotlari asosida vujudga kelgan , amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Uning asosi ― Hayot - bu azob, uqubatdir ‖ va ― najot yo'li mavjud ‖ degan g'oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko'ra inson o'ziga moslashgan mavjudot bo'lib, o'zidan tug'uladi, o'zini o'zi halok qiladi yoki qutqar adi. Bu narsa ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
180.43 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
180.43 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx