Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari RYeJA: 1.Inson huquqlari to'g'risidagi xalqoro bill. 2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida xalqaro Pakt 3.Davlat va din munosabatlarining qonunlarda ifodalanishi Tayanch so'z va iboralar: Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar BMT Bosh Assambleyasi, YevropaKengashi, YeXHT, Amerika davlatlari tashkiloti, Afrika Ittifoqi, Islom konferensiyasi tashkiloti xalqaro huquqiy hujjatlar,xalqaro huquqiy standartlar, mintaqaviy xalqaro shartnomalar. Inson huquqlari to'g'risidagi xalqoro bill. Unga inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt hamda ularga qo'shimcha tarzida xususiy shikoyatlar va o'lim jazosini bekor qilish to'g'risidagi ikkita bayonnoma kiradi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh assambleyasi Rezolyutsiyasi bilan qabul qilinib, elon qilingan. U xalqaro huquq tarixida inson huquqlari va erkinliklarining aniq ro'yxatini elon qilgan, universal xususiyatga ega bo'lgan birinchi hujjatdir. Deklaratsiyaning 18-moddasida Har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir; bu huquq o'z dini yoki maslagini o'zgartirish, o'z dini yoki maslagi bo'yicha yakka tartibda yoki boshqalar bilan birgalikda ta'lim olish, toat- ibodat, diniy va marosimlarni ado etishda oshkora yoki xususiy tarzda e'tiqod qilish erkinligini qamrab oladi,- deb qayd etiladi. Uning 19 - moddasida esa har bir insonning e'tiqod erkinligi va buni erkin ifoda etish huquqi mustahkamlab qo'yilgan. Bu huquq o'z e'tiqodiga hech bir to'siqlarsiz amal qila olish erkinligini ham qamrab oladi. Deklaratsiya, shuningdek, har bir insonning tinch yig'ilishlar o'tkazish va uyushmalar tuzish huquqini etirof etadi. Bundan tashqari dinga munosabatidan qati nazar, har bir insonning ushbu Deklaratsiyada elon qilingan barcha huquq va erkinliklarga ega bo'lish, barcha odamlarning qonun oldida tengligi va biror farqlashsiz qonun tomonidan bab-baravar muhofaza etilish huquqi mustahkamlab qo'yilgan. BMTning Inson huquqlari bo'yicha Umumjahon Konferensiyasi tomonidan 1968 yilda Tehronda qabul qilingan Murojaatnomada takidlaganidek, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi dunyo xalqlarining har bir insonning ajralmas va mustahkam huquqlari borasidagi umumiy ahdlashuvini aks ettiradi hamda xalqaro hamjamiyatning har bir azosi uchun majburiydir. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida xalqaro Pakt (FSHXP) 1966 yilning 16 dekabrida BMTning Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan hamda imzolash, ratifikatsiya qilish va qo'shilish uchun ochilgan, 1976 yilning 23 martidan kuchga kirgan. Din yoki e'tiqod erkinligining amaldagi huquqiga nisbatan Deklaratsiyaning majburiyati mazkur Paktning 18-moddasida o'z aksini topgan. Ushbu Pakt unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yuridik majburiy kuchga ega bo'lgani sababli, uning din yoki e'tiqod erkinligini cheklashga nisbatan qoidalari ayni paytda, yanada aniqroq va mukammalroqdir. Paktning 18-moddasida qayd qilinishicha: 1. Har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga egadir. Ushbu ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.44 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.44 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx