Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi, uning mohiyati va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri

Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi, uning mohiyati va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi, uning mohiyati va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va uning mohiyati. Uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri Afsuski, keyingi paytlarda ayrim dindorlar orasida mamlakatimiz hukumati yaratib berayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va g'amxo'rlikning qadriga etmasdan, ularning bu mohiyatini tushunmasdan jamiyat uchun jiddiy salbiy oqibatlar bilan tugallanishi mumkin bo'lgan xatti-harakatlar yuz bermoqda. Achinarlisi shundaki, bunday kirdikorlar g'aliz niyatli kimsalar ta'siriga tushadigan, mustahkam dunyoqarashga ega bo'lmagan yoshlarda, shu jumladan, dunyoviy ilmga ega bo'lib, kelajakda jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil xizmat qilishi lozim bo'lgan oliy o'quv yurtlaridagi talabalarimiz orasida bu ta'sirga berilish kam bo'lsa ham uchramoqda. Ana shunday kimsalarga, o'zlarini «vahhobiylar», «sunniylar», «fundamentalist lar» va boshqa oqim izdoshlari deb davo qilayotgan buzg'unchilarga bu yosh dindorlar faqat jamiyatdagina emas, shu bilan birga rasmiy e'tiqoddagi ko'pchilik musulmonlardan ham ajralib qolmoqdalar. Ular aksariyat dindorlarning faqat achinish va taassuf obyektlarigagina aylanib qolmasdan, bazan ayrim nojo'ya xatti-harakatlari, ekstremistik fikrlari, hatto jinoyatlari tufayli qoralanmoqdalar. Ularning bu faoliyatlari faqat noto'g'ri xatti-harakatgina bo'lib qolmasdan, balki keyingi paytlarda ayrim xorijiy musulmon mamlakatlarlarida huruj qilayotgan islom fundamentalizmiga, aqidaparastlikka asoslangan mutaassiblik ekstremizmining din niqobi ostida o'z maqsadini zo'ravonlik bilan amalga oshirish izidan borayotganlardan kam farq qiladi. Ular o'zlarini garchi islomdagi eng mo'tadil xanafiya mazhabining izdoshlari deb hisoblasalar ham, aslida ularning faoliyati jamiyat va islom uchun zararli bo'lgan toifachilik, guruhbozlikdan boshqa narsa emas. Keyingi o'n yilliklar davrida vahhobiylik harakatining namoyandalari O'zbekistondagi musulmonlarga ham o'z ta'sirini o'tkazish uchun turli yo'llardan foydalanmoqdalar. Matbuot bergan xabarlarga ko'ra? Xizbi harakati, Jihod, Davat ul irshod va Pokiston islom ulamolari jamiyati kabi tashkilotlar yordamida O'zbekistonlik, aksariyati Farg'ona vodiysi yoshlaridan Peshovor tumanida joylashgan diniy o'quv yurtlarida o'qiyotgani malum bo'ldi. Tayyorlangan jangarilar turli ishlar bilan O'zbekistonga kelib islom davlati barpo etish maqsadlarini amalga oshirishni mo'ljallagan edilar Al-Ixvon al-muslimin. 1928 yili Misrning Ismoila shaxrida Shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy siyosiy tashkilotdir. Xasan al-Banno Jamoliddin al-Afg'oniy Muhammad Abdux Rashidrizo asarlaridan ta'sirlanib Pan islomizm g'oyasida jixot, islomiy millatchilik, islomiy davlat ta'limotlarini ishlab chiqdi. Al-Ixvon al-muslimun o'z tarixida bir necha bosqichlarni bosib o'tdi. 1928-1936 yillardagi davrni xayriya va ma'rifat chilik bochqichi deb atasa bo'ladi. Keyinchalik u kurash uslubi sifatida terrorni qo'llash darajasiga etgan siyosiy tashkilot sifatida maydonga chiqdi. Ko'plab davlatlar uning faoliyatini taqiqladi. Keyinchalik u uch yo'nalishaga ajrab ketdi. 1) mo'tadillar-Xasan al-Banno, Saiid Qutb tarafdorlari: 2) islom demokratlari-islom sotsializm ta'limoti tarafdorlari. 3) «At-Takfir va -l-xijra» «Al-jixot» «Xizb at-taxrir al-islomiy» kabi terror uslubini qo'llovchi tashkilotlar. Xizb at-taxrir 1952 yil Quddus shaxrida falastinlik iloxiyotchi Tayqiyiddin an-Nabahoniy tomonidan asos solingan diniy siyosiy partiya. Partiyaning asosiy maqsadi-avval arab davlatlari keyin islom dunyosi va nixoyat jahon miqyosida xalifalik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 439.25 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 439.25 KB
Ko'rishlar soni 188 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga