Diniy ekstremizm va fundamentalizm Reja: Fundamentalizmning vujudga kelishi; Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar; Terrorizmga qarshi kurashda dinning roli; Radikal diniy oqimlar. Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o'z aqidasining shak-shubhasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Fundamentalizm - malum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo'nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o'zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo'jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so'zma-so'z talqinga asoslangan e'tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo'yadigan, muayyan diniy e'tiqod shakllanishining boshlang'ich davrida belgilangan barcha yo'l-yo'riqlarni qatiy va og'ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo'llaniladigan istilohdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an'anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so'zma-so'z sharhlashga qatiy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi. Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu so'z islomga nisbatan qo'llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo'nalishdan biridir (qolgan ikkitasi - traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g'oyasi - «sof islom» prinsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo'lini joriy etishdir. XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq sovetlardan keyingi hududda ham o'z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, bir jihatdan, diniy e'tiqodning ijtimoiy-madaniy hayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug'ilishi vaqti bo'ldi. Asosiy qonunimizda yana shu narsa qatiy qilib belgilab qo'yilganki, konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o'zgartirishni maqsad qilib qo'yuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ'ib qiluvchi, xalqning sog'lig'i va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi (57-modda). O'rta Osiyodagi Respublikalar o'z mustaqilligiga erishishi va uning mustahkamlanishi davrida «islom omili», «islom uyg'onishi», «qayta islomlashish», «islom fenomeni» kabi iboralar tobora ko'proq ishlatilib, bu hol ularning beqiyos faollashuvini o'zida aks ettirdi. Bunga sabab sobiq Sovet davlatining mafkuraviy tasavvurlari va qadriyatlarining emirilib, muayyan vaqt davomida hosil bo'lgan ma'naviy bo'shliqni to'ldirish zarur edi. Kommunistik mafkura ma'naviy ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.17 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.17 KB
Ko'rishlar soni
189 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx