mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizm- jamiyat barqarorligiga tahdid . Reja: 1.Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasida namoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari. 2.Markaziy Osiyoda faoliyat yuritishga intilayotgan diniy ekstremistik tashkilotlar. 3.Vahhobiylik va uning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi. Yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir etuvchi buzg'unchi g'oyalar: 1.Diniy ekstremizm 2.fundamentalizm 3. xalqaro terrorizm, 4.missionerlik 5.ichkilikbozlik va narkomaniya, 6.mafkuraviy-infarmatsion tahdidlar va boshqalar. 1. Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o'z aqidasining shak-shubhasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. 2. Fundamentalizm - malum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo'nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o'zgarmasligini himoya qiladigan, vahiy va mo'jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so'zma-so'z talqinga asoslangan e'tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo'yadigan, muayyan diniy e'tiqod shakllanishining boshlang'ich davrida belgilangan barcha yo'l-yo'riqlarni qatiy va og'ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo'llaniladigan istilohdir. O'tgan asrimizning 70-yillaridan boshlab esa bu so'z islomga nisbatan qo'llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo'nalishdan biridir (qolgan ikkitasi - traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g'oyasi - «sof islom» prinsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo'lini joriy etishdir. Vahhobiylik. XVII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o'lkasining al-'Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o'z otasi rahbarligida o'rgana boshladi. U an'anaga ko'ra Quronni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo'lib, ko'pincha ulamolar suhbatida o'zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o'z targ'ibotchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o'ziga munosib homiy topish bo'ldi. 1745 yili Muhammad ibn Abd al-Vahhob ad-Diriya vodiysiga uning amiri Muhammad ibn Saud taklifiga binoan ko'chib o'tdi. Bu bilan Muhammad ibn Saud o'z hokimiyatini kuchaytirishda vahhobiylikdek mafkuraviy qurolga ega bo'ldi. Vahhobiylar o'zlari xohlagan jamoani kufrda yoki shirkda ayblashlari va unga qarshi jihod elon qilishlari mumkin edi. Ibn Saud esa bu jihodni amalga oshirib, o'z hokimiyati chegaralarini kengaytirishni boshladi. Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1792 yili vafot etdi. Undan 20 ta xotin,18 ta farzand qolgan. Ibn ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
153.28 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
153.28 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: pptx