Diniy ekstremizm va terrorizm va uning jamiyat barqarorligiga tahdidi

Diniy ekstremizm va terrorizm va uning jamiyat barqarorligiga tahdidi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Diniy ekstremizm va terrorizm va uning jamiyat barqarorligiga tahdidi - rasmi

Material tavsifi

Diniy ekstremizm va terrorizm va uning jamiyat barqarorligiga tahdidi Ekstremizm - lotincha (extremus - o'ta,keskin degan mazmunni beradi) jamiyatdagi ijtimoiy - siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o'ta keskin chora-tadbirlar, fikr va qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. Ekstremizm mazmuniga ko'ra - diniy va dunyoviy bo'lishi yoki namoyon bo'lishiga ko'ra - hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo'linadi. Ekstremistlar qarashlari juda chuqur ildizlarga ega bo'lib, ular hech qachon chegara bilmagan yoki din, millat, biron bir mamlakat hududini tan olmagan. Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ko'rinishlari mavjud bo'lsa, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Ular xristian dinida, katoliklar, protestantlar, provaslavlar orasida ham mavjud. Terrorizmning mohiyati to'g'risida fikr yuritilsa, terrorizm tushunchasi (lotincha - «terror» - qurquv, dahshat manolarini anglatadi) malum yovuz maqsadlar yo'lida siyosiy kurashning jamiyatda beqarorlik o'rnatishga hamda aholida vahima va dahshat uyg'otishga qaratilgan jinoiy usuldir. Bu konsperativ ruhdagi tashkilotlar davlatni beqarorlik holatiga keltirishda shu usuldan foydalanadilar. Terrorizmning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, u buzg'unchilik, qo'poruvchilik, qo'rqitish yo'li bilan o'z hukmini o'tkazib, davlatni qulatuvchi, hokimiyatga erishishda parokandalikka olib keluvchi g'oyasidan foydalanish bilan xarakterlanadi. Hozirgi davrdagi shakllangan xalqaro terrorizm tushunchasida esa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish va xalqaro ijtimoiy - siyosiy nufuzga ega bo'lgan alohida siyosiy arboblarni qotil qilishga yo'naltirilgan buzg'unchi siyosiy xususiyati bilan xarakterlanadi. Islom diniy ekstremizmi o'zining ikki xususiyati bilan boshqa ekstremistik guruhlardan ajralib turadi. Birinchisi, ularning aqidalariga ko'ra, go'yo barcha hozirgi zamon islomga e'tiqod qiladigan davlatlardagi musulmonlar jamoalari islomiy tuslarini yo'qotgan bo'lib, joxiliya (islom kelib chiqishidan avvalgi arablardagi ma'naviy buzilish davri) jamiyatlariga aylanib qolgan deb hisoblaydi. Bunday yondashuv faoliyatdagi hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga asos qilib olinadi. Ikkinchidan, ular go'yo, «haqiqiy» musulmonlar bo'lib, o'zlarini hokimiyatga kelishlari uchun barpo qiladigan «islomiy tartibni» qaror toptirishning yagona yo'li keskin va jangarilik yo'li bilan agressiv harakat qilish lozim deb hisoblaydilar. Terrorizm iqtisodiy, siyosiy, diniy, g'oyaviy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Taqib qilish, zo'ravonlik, qo'poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko'rinishi uchun umumiy xususiyat bo'lib, u gumanizm, demokratiya, adolat tamoyilillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday «bayroq» ostida amalga oshirilmasin, mohiyati insoniyatga, jamiyat taraqqiyotiga, ezgulikka qarshi jinoyatdir. Terrorning iqtisodiy manfaatlarini ko'zlovchi, moddiy boyliklarni o'zlashtirishni maqsad qilib olgan ko'rinishlarda, raqib shaxslarni jismoniy yo'q qilish, o'g'irlab ketish, garovga olish, tajovuz bilan qo'rqitib o'z hukmini o'tkazish yoki raqiblar boyliklarini o'zlashtirishda foydalanadi. Hozirgi vaqtda dunyoda 500 ga yaqin ekstremistik, terroristik tashkilotlar mavjud bo'lib, ulardan 100 ga yaqini qurollangan tashkilotlardir. Masalan: «Al-qoida», «Xizbullox», «Xamaz», «Abu Said», «Tolibon», «Jamoati islomiy», «O'zbekiston islom harakati», «Hizbut tahrir» kabilardir. Hozirgi vaqtda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 114.64 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 114.64 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga