DINIY EKSTRYeMIZM VA terrorizmGA QARShI KURAShNING xalqaro SIYoSIY - HUQUQIY ASOSLARI RYeJA 1.Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik 2.Ekstremizm va xalqaro terrorizmning oldini olish bo'yicha qanday xalqaro hujjatlar 3.Terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari Tayanch tushunchalar Terrorizmga qarshi xalqaro hamkorlik, xalqaro huquq, xalqaro terrorizm, xalqaro jinoyat. Terrorizmning oldini olishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xalqaro aksilterror uyushmalari, ma'naviy-ma'rifiy hamkorlik Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik. xalqaro terrorizm - eng og'ir jinoyat bo'lib, u uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo'lga qo'yilishi o'tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo'lib o'tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag'ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo'q qilish maqsadida biror bir vositani qo'llash» degan manodagi ta'rifi qabul qilinishiga erishilgan edi. 1937 yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi. Unda terrorizm «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yoki aholi o'rtasida qo'rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko'zlagan jinoiy faoliyat» deya ta'riflangan edi. Davlat boshliqlari, ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo'r bo'lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog'lig'i, ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar yetkazish, ommaviy xavf tug'dirish bilan odamlarni halok qilish niyatini ko'zlash, ko'zlagan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog' va portlovchi moddalar sotib olish, saqlash va yetkazib berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi. Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «xalqaro jinoiy sudni tashkil etish» haqidagi Konvensiyani imzoladi. Shunday bo'lsa- da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo'yilmagan, terrorizmning ta'rifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. Yuqoridagi kabi qator kamchiliklari tufayli nomlari zikr qilingan konvensiyalar zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to'play olmadi va kuchga kirmay qolib ketdi. Shunga qaramay, ular bu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozmi-ko'pmi ijobiy ta'sir ko'rsatgani shubhasiz, albatta. Chunki ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi milliy qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi. 1972 yilning may va sentyabr oylarida sodir bo'lgan voqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o'z etiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O'nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko'p tomonlama bitimlar imzolandi. Qurolli to'qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo'llash xalqaro gumanitar huquq me'yorlariga, xususan, 1949 yilda imzolangan Urush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi Jeneva Konvensiyasiga, 1977 yilda qabul qilingan Qo'shimcha protokollar qoidalariga ko'ra man etilgan. Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.37 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.37 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx