Diniy ekstremizm, fundamentalizm va unga qarshi kurash - davr talabi Ijtimoiy hayotdagi o'zgarishlar va dindagi islohotchilik harakatlari. XX asr insoniyatga ulkan kashfiyotlar, buyuk yutuqlar, umuminsoniy qadriyatlar, xususan, O'zbekistonimizga mustaqillikdek buyuk baxtni berdi. Ammo u bizga xalqaro miqyosdagi diniy ekstremizm, fundamentalizm, millatchilik va terrorizmni ham meros qilib qoldirdi. Bu salbiy hodisalarning na faqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon uchun ofat-fojea keltirishi mumkinligi haqida Prezidentimiz o'tgan asrning oxirgi yillaridayoq butun dunyoni ogoh qildi. O'zbekiston dunyoviy davlat qurish yo'lidan barqaror bormoqda. Xo'sh, dunyoviy davlatning dinga bo'lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi? Unda diniy e'tiqodga qanday o'rin ajratilgan? qolaversa, din va umum e'tirof etilgan tamoyillarga asoslangan demokratiya tushunchasi o'rtasidagi aloqalar qanday bo'lishi kerak? Ushbu murakkab savollarga javob izlar ekanmiz, xalqaro hamjamiyatning mutloq ko'pchiligini tashkil qilgan dunyoviy davlatlar tajribasi, ular taraqqiyotining tamal toshi bo'lib xizmat qilayotgan g'oya aslo xudosizlikka asoslanmagani, yaqin o'tmishimizdagi o'xshash daxriy jamiyatni anglamasligiga amin bo'lamiz. Dunyoviy taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatlardagi dinga bo'lgan munosabat demokratiya mezonlariga asoslanganini chuqur idrok etamiz. Ularda din hayotidagi ijtimoiy-madaniy va ma'naviy-ruhiy muhit rang-barangligini ta'minlovchi xilma-xil tarixiy qadriyatlar silsilasidagi teng huquqli bo'g'in sifatida qabul qilinganligiga ishonch hosil qilamiz. Yana bir bor ta'kidlaymiz: demokratik dunyoviy taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatlarda rang-barang ma'naviy-madaniy va tarixiy qadriyatlar tizimidagi teng huquqli bo'g'in, bu boshqa bug'inlardan zaifroq ham yoki ustunroq ham emas. Bizning jamiyatimiz taraqqiyoti negizi qilib belgilangan hurfikrli tamoyili ham xuddi ana shu tajribalar idroqiga asoslangan. Dunyoning ko'pchilik davlatlari xususan, rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, din dunyoviy davlat tuzumi bilan nafaqat murosa qilishi, balki umummilliy yuksalish yo'lida u bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. Demokratik davlatlarda aholining ko'pchiligini tashkil etadigan xalqning diniy e'tiqodiga ko'rsatilgan izzat-hurmat bilan bir qatorda tub etnoslar uchun noan'anaviy bo'lgan, lekin fuqarolarning muayyan qismi e'tiqod qiladigan dinlar, qolaversa hechqanday dinga e'tiqod qilmaslikka bir xil munosabatning qaror topganligi Qu'roni Karimdagi ibratli xikmatlardan «dinda majburlash yo'q» degan so'zlarning chuqur insonparvarlik falsafasini yanada yaqinroq ochib beradi. XX asrning ikkinchi yarmida umummusulmon sivilizatsiyasi hududida joylashgan ayrim davlatlar taraqqiyoti tajribasi, afsuski, ba'zilarda, xususan, G'arb dunyosida, islom dining jamiyat rivojlanishiga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ijobiy a'siri haqida jiddiy shubhalar tug'ilishiga sabab bo'ldi. Masalaning tassufli jihatlaridan yana biri shundaki, haqikiy insonparvar Islomning asl mohiyatidan yiroq ko'rinishlar, oxirgi yillarda, ayrim olimlar tomonidan olg'a surilayotgan sivilizatsiyalararo qarama- qarshilik va ziddiyatlar haqidagi sun'iy nazariyalarini oziqlantirmoqda, turli madaniyatlarni qiyoslash jarayonida umummusulmon madaniyatining salbiy jihatlarini bo'rttirib ko'rsatishda dastak bo'lib xizmat qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, masalaning ikkinchi tomoniga katta ahamiyat berilgan. Ya'ni yuqoridagi mezonlar Konstituttsiyaning 57 moddasida quyidagicha aniqlantiriladi: «Konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o'zgartirishni maqsad qilib ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.56 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.56 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx