Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi

Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi - rasmi

Material tavsifi

Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. RYeJA 1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash - dolzarb vazifa. 2. Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. 3. Musulmon mamlakatlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasidagi vazifalar Tayanch tushunchalar Musulmon mamlakatlari, qarshi kurash, qarshi kurashning siyosiy- huquqiy asoslari, diniy ekstremizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash - dolzarb vazifa. Jahonda 1,5 milliarddan ortiq kishi islomga e'tiqod qiladi. Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko'prog'i Osiyoda, qariyb 30 foizi Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoalari mavjud bo'lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko'pchiligini tashkil qiladi. Jumladan, Indoneziyada 210 million, Pokistonda 150 million, Bangladeshda 110 million, Nigeriyada 80 million, Eron va Turkiyada 65 milliondan, Misrda 60 million, Marokash va Jazoirda 30 milliondan, Saudiya Arabistonida 17 milliondan ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlarning soni 140 milliondan ortgan. Bulardan tashqari Kavkaz (Ozarbayjon) hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Shimoliy Kavkaz (Checheniston, Ingushetiya, Kabardin- Balqar) kabi bir qator mintaqalari, Markaziy Osiyo davlatlarida ham musulmonlar ko'pchilikni tashkil etishini qayd etish lozim. Hozirgi kunda islom omili tobora katta kuchga aylanmoqda. U davlatlarning ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, davlatlararo va xalqaro munosabatlarga ta'sir etib kelmoqda. Hozirda siyosatchilar musulmon olamiga dunyo hamda xalqaro munosabatlar istiqboliga ta'sir ko'rsatuvchi kuch sifatida qaramoqdalar. Islom omilining kuchayishida musulmon mamlakatlari hududlarining kattaligi, yani jo'g'rofiy-strategik imkoniyatlarining ham o'ziga xos o'rni bor. Ayni paytda, musulmon aholi sonining tez o'sishi, yani demografik omilni ham nazardan qochirmaslik kerak. Musulmon mamlakatlarida aholining o'sishi har yili o'rtacha 2,6% (dunyo bo'yicha - 1,7%, rivojlangan davlatlarda - 0.9%)ni tashkil etmoqda. Islom dunyosida demografik portlash kuzatilmoqda. Musulmon mamlakatlarining neft, gaz va boshqa tabiiy resurslarning ulkan zahiralariga egaligi G'arb iqtisodiyoti uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. G'arb dunyosining Yaqin va O'rta Sharqdagi uglevodorod resurslariga bo'lgan bog'liqligi yaqin istiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari tabiiy resuslardan maksimal ravishda foydalanib, o'z iqtisodiyotlarini rivojlantirishga harakat qilmokdalar. Bir qator musulmon mamlakatlarida chet eldan yangi qurol-yarog' sotib olish hamda zamonaviy harbiy infratuzulma yaratish orqali o'zining harbiy kuch-qudratini oshirish, hatto ommaviy qirg'in quroliga ega bo'lishga intilish jarayonlari tobora kuchayib bormoqda. Pokiston yadroviy qurolga ega bo'ldi. Zamonaviy texnologiyalarni qo'llash orqali yirik musulmon mamlakatlari milliy sanoatini rivojlantirib bormoqda. Oxirgi paytda ayrim musulmon mamlakatlarining, ayniqsa, Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr va Indoneziya kabi davlatlarning xalqaro maydondagi ta'siri kuchayib bormoqda. Ayni paytda, xalqaro maydonda birlashib, yakdil siyosat olib borish yo'lidagi harakatlar chuqurlashib bormoqda Shu bilan birga, xalqaro islom tashkilotlarining nufuzi ham ortib bormoqda. 1969 yilda tuzilgan Islom konferensiyasi tashkiloti hozirda o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.38 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.38 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga