Diniy ekstrimizm va fundamentalizm

Diniy ekstrimizm va fundamentalizm

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Diniy ekstrimizm va fundamentalizm - rasmi

Material tavsifi

Diniy ekstremizm va fundamentalizm Reja: Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaasib (fanatik) unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fundamentalizmning mohiyati. Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremistik guruhlar faoliyati. Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o'z aqidasining shak-shubxasiz to'g'riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Diniy ekstremizm va uning g'oyaviy asosi fundamentalizmning mazmuni, zararlari. I.Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asari 1-bobining shu masalaga bag'ishlangan qismida bayon etilgan. Unda ta'kidlanganidek, XX asr oxirida jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog'i ostida sodir bo'layotgan hodisalar g'oyat xilma-xil, ko'p qirrali, goxo ziddiyatli, xatto qarama-qarshi qutblarga bo'linganligi; jahon, jumladan O'zbekiston jamoatchiligi bu jarayonlarga katta qiziqish bilan qaramoqda. «Uning diniy ekstremizm va ffundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotgani, ba'zan esa xatto xavfsirayotgani xam ko'zga tashlanmoqda. Ilmiy bashorat, ya'ni kelajakni ilmiy asosda oldindan ko'rish saloxiyotiga ega bo'lgan akad. I.A.Karimov 1997 yilda nashr etilgan kitobidayoq islomda XX asr oxirida paydo bo'layotgan diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi o'taketgan keskin, buzg'unchi oqimlar munosabati bilan obezvtalanayotganini, ba'zan esa xatto xavfsizlanayotganini, binobarin, ular xavfsizlikka tahdid solishi ehtimolligini oldindan izxor etgan edi. 16 fevral voqealari, O'sh viloyatida, Dog'istonda sodir bo'lgan voqealar bu bashoratni ortig'i bilan tasdiqlagan edi. Fundamentalizm - ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini xal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo'nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o'zgarmasligini himoya qiladigan, vaxy va mo''jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining xarfiy talqini tarafdori, ularning xar qanday majoziy talqiniga murosasiz, so'zma-so'z talqinga asoslangan e'tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo'yadigan, muayyan diniy e'tiqod shakllanishining boshlang'ich davrida belgilangan barcha yo'l-yo'riqlarni qat'iy va og'ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo'llaniladigan istiloxdir. Fundamentalizm iborasi ilk bor I jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an'anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaq mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so'zma-so'z sharhlashga qat'iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib, 1919 yili Filadelfiyada jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi. Diniy fundamentalizm deb qachonlardir vujudga kelgan aqidalarni o'zgarmas deb hisoblaydigan, vaxiy va mo''jizalarning muqaddas yozuvlardagi bayonining xarfiy talqini tarafdori bo'lgan, bularning xar qanday zamonaviy talqiniga qarshi turadigan, so'zma-so'z talqiniga asoslangan ishonchni aqlga tayangan mantiqiy fikrlardan ustun qo'yadigan, muayyan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.16 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga