Diniy konfessiya Bugungi kunda mamlakatimizda barcha diniy konfessiyalar faoliyati uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O'zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonunda belgilab berilgan. Yurtimizda o'ndan ziyod konfessiyaga mansub diniy tashkilot mavjud. Amaldagi huquqiy asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo'lib, ezgu g'oyalar yo'lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi. Shu bilan birga, yurtimizda turli millat va din vakillarining urf-odat hamda an'analari rivoji uchun qulay sharoitlar yaratib bcrilayotgani, dinning asl mohiyatini tushunishga yordam beradigan bilim, ma'rifat maskanlari, axborot manbalarining ko'payib borayotgani ham dinlararo bag'rikenglikning kuchayishiga asos bo'lmoqda. Xulosa qilib aytganda, dinlararo bag'rikenglik g'oyasi inso-niyatning ma'rifiy asosda, o'zaro hamjihat bo'lib taraqqiy etish zaruratidan kelib chiqqan bo'lib, u ezgulik yo'lidagi hamkorlik barcha din vakillarining manfaatlariga mos ekanini anglashga va shu asosda harakat qilishga da'vat etadi. Aziz o'quvchi. mana, milliy g'oyamizning uzviy tarkibiy qism-larini tashkil etadigan muhim tushuncha va tamoyillar bilan ham qisqacha tanishib chiqdik. Shuni yodda tutingki, milliy g'oyamizda mujassam bo'lgan buyuk maqsadlarni ro'yobga chiqarish avalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a'zosi bo'lgan har qaysi insonning ma'naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o'zgarishlar bilan bevosita bog'liq. Ya'ni, biz o'rgangan tushuncha va tamoyillar yurtdoshlarimiz, ayniqsa, siz kabi yoshlarimizning ona yurti-mizga mehr-muhabbatini oshirish, ularni ongli, keng fikrlaydigan, intellektual darajasi yuksak insonlar qilib tarbiyalash yo'lida qanchalik samarali xizmat qilsa, milliy g'oyamizda o'z ifodasini topgan ulug' maqsadlarga erishish imkoniyatimiz shuncha or-tadi. Shuning uchun milliy g'oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini shunchaki bilish bilan kifoyalanib qolmasdan, ularning har birini o'zingiz uchun amaliy faoliyatga aylantirishga harakat qiling. Shunda siz, albatta, buyuk Vatanimizga munosib farzand bo'lib voyaga yetasiz, ko'zlagan ezgu maqsadlaringizga erishasiz. Diniy konfessiya - muayyan dinga e'tiqod qiluvchi kishilar jamoasi. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. Ular odamlarni to'g'rilik, shafqat va bag'rikenglikka, birovga ozor ber-maslik, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmas-likka chaqiradi. Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatish, barcha din vakillarini, ular bajo keltiradigan diniy rasm-rusum va amallarni hurmat qilishga, shu tariqa ularning kuch va imkoniyatlarini davlat, jamiyat, butun insoniyatning ezgu maqsadlariga xizmat qildirishga da'vat etadi. Dinlararo bag'rikenglik - deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e 'tiqodini о 'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, oliyjanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi. Millatlararo totuvlik va hamjihatlik - umumbashariy qadriyat. U bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma'naviy asosini mustahkamlaydi, tinchlik va barqarorlikning, taraqqiyotning muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Bu dunyodagi har bir ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.93 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.93 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx