Dinlarning paydo bo'lishi haqidagi tasavvurlar

Dinlarning paydo bo'lishi haqidagi tasavvurlar

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinlarning paydo bo'lishi haqidagi tasavvurlar - rasmi

Material tavsifi

Dinlarning paydo bo'lishi haqidagi tasavvurlar Reja: Dinning paydo bo'lishi haqidagi yondashuvlar Animizm. Totemizm. Fetishizm. Shamanizm. Sehrgarlik. Tayanch tushunchalar: Diniy tasavvur, qabila xudolari, totemizm, fetishizm, animizm, shomonlik, mifologiya, xudolar panteoni, zoomorfizm, antropomorfizm. Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?, Din qachon paydo bo'ldi? kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o'ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo'lsa-da, hali hanuz bu borada bir to'xtamga kelinmagan. Umumiy manoda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko'ra dinning paydo bo'lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog'liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O'zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e'tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda teologik yondashuv deb nomlanadi. Bugun mavjud bo'lgan har qanday din o'zining tarixini insoniyat yaralishi - ilk inson bilan bog'lashini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida - Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda - Adam va Yeva, zardushtiylikda - Govmard, sintoizmda -Mikado va boshqalar. Mazkur ta'limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan. Teologik yondashuvga ko'ra, turli buyumlarga sig'inish va ko'pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda materialistik yondashuv deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo'lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo'lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan Turlarning kelib chiqishi (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo'ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho'qqisiga ko'tarildi. Unga ko'ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan - murakkabga, umumiylikdan - xususiylikka, ko'pxudolikdan - yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib o'tgan. Unga ko'ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o'ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fel-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko'rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o'lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag'ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo'rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig'ina boshlagan. Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko'ra, qo'rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o'ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo'rquv natijasida ajdodlarga sig'inish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.09 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.09 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga