Dinning ibtidoiy formalari Reja Dinning ong asoslarining shakilanishi. Dinning tarixiy shakillari: totemizm, animizm, fetishizm, shamanizm, magiya. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, «ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o'zi xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fel-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta'sir ko'rsatdi. U ibtidoiy bo'lsa ham aqlli, fikr yurituvchi, malum tahlilga qobiliyatli, konkret holatda fikr yurita oladigan, doimiy faoliyatida vujudga kelgan amaliy tajribalarga ega bo'lgan odam edi. Bunday tahlil nimaga asoslangan? Bilim miqdorining nihoyatda ozligi va uni doimiy takomillashib borishi, oldinda turgan hayotdan qo'rquv va uni engishga bo'lgan intilish, amaliy tajribani uzluksiz ko'payishi, tabiat kuchlariga mutlaq tobelik va undan qutilishga tirishish, atrof-muhit injiqliklari va ularni engish va h.k. - bularning barchasi shunga olib bordiki, uning ilk qadamidan nafaqat mantiqiy talabchanlik, balki hissiy-ijtimoiy, xayoliy-fantastik munosabatlar kelib chiqdi. Gap «ongli yovvoyi» yoki «abstrakt fikrlovchi kishi» to'g'risida borayotgani yo'q, ayni jamoaning qonun qoidalaridan chiqmagan holda, qolaversa 20-50 kishidan iborat bo'lgan kichik qabila, mehnat faoliyati jarayoni (ov, ozuqa izlash, qurol yasash, turar joyni jihozlash, olovni saqlash va h.k.) doimiy ijtimoiy munosabatlar, oilaviy urug'doshlik aloqalari va hodisalar jarayonida (nikoh aloqalari, tug'ilish va o'lim) ushbu jamoaning ruh homiylari, g'ayritabiiy kuchlar va voqeiylik o'rtasidagi g'ayrioddiy aloqalar to'g'risida ibtidoiy tasavvurlar mustahkamlanib borgan. Real hayot bilan bir qatorda o'zga dunyo mavjudligi, marhumlar tiriklar hayotiga ta'sir eta olishi to'g'risidagi g'oyalar yuzaga keldi». Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o'z qarindoshlarini ko'mishda maxsus marosimlar, malum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo'yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo'yilar edi. Bularning bari o'z jamoa a'zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Ov qilish. Bizga malumki, arxeologik izlanishlar jarayonida yer yuzining turli joylaridagi g'orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga malum bo'lgan bu g'orlardagi suratlarning ko'pchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o'zlari va hayvonlar o'rtasidagi tabiiy va g'ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar xulqiga ta'sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o'rtasidagi vositachilar, yani turli xildagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko'ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
54.08 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
54.08 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx