Dinning ibtidoiy shakllari Reja: Avesto, Tavrot, Injil, Qur'oni karimda insoniyatning yaratilishi haqida Totemizm, animizm, shomonlik yoki sehrgarlik (afsun, magiya), fetishizm. Ibtidoiy mifologiya. Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Diniy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din to'g'risida turli xil qarashlar bo'lib, ularning bir-biridan tafovutini anglash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Dinning paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganilayotganda unga tarixiylik tamoyili (tamoyil) asosida yondoshish katta ahamiyatga ega. Shu jihatdan qaralganda ayrim belgilari zamonaviy dinlarda ham saqlanib qolgan dinning eng qadimiy shakllari - totemizm, fetishizm, animizm, animatizm, shamanizm, sehrgarlik va magiyalardan iboratdir. Qadimda bu dinlar Markaziy Osiyo mintaqasida ham mavjud bo'lgan. Keyinchalik ular o'rnini buddaviylik, zardushtiylik, shomonlik e'tiqodlari egallagan. Hozirda bu mintaqada nisbatan eng ko'p tarqalgan din islomdir. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida islomning o'ziga xos ko'rinishini tushunish uchun konkret tarixiy sharoitni, xalqning o'tmishi, yashash tarzi, ishlab chiqarish usullari, etnik xususiyatlarni hisobga olish zarur. Islom va Qur'onning vujudga kelishi tarixi bilan bog'liq bo'lgan muammolar avvalo Sharq islomshunoslari, so'ngra ko'proq Yevropaislomshunosligida XIX asrning o'rtalaridan boshlab o'rganila boshlagan. Evropa, Amerika islomshunosligi va qur'onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning ko'pchiligi, konkret dalillarga boyligidan qat'iy nazar, ularning barchasi metodologik jihatdan cheklangan. Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo'lishini turli izohlab kelganlar. Uning paydo bo'lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to'g'risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati o'g'risida ham ayrim g'oyalarni olg'a surishgan. Antik dunyo falsafasida bu muammoni hal etishda dinshunoslar ikki guruhga bo'lingan. Agar materialistlar xudoning go'yo mavjudligiga ishonchni tabiiy va yerdagi sabablar bilan bog'lab izohlagan bo'lsalar, idealistlar buni ideal (ruhiy) kuchlarning mavjudligidan axtarardilar. O'tmishdagi materialistlar dinni inson ongining mahsuli deb qaraganlar va ularning dunyoqarashlari markazida dinning shakllanishi sabablarini, shart - sharoitlari to'g'risidagi masalalar turadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko'p jihatdan inson his - tuyg'ulari, ehtiroslari, xayollari ta'siri ostida paydo bo'lishi to'g'risidagi tushuncha qadim zamonlardayoq mavjud bo'lgan. Qadimgi materialist faylasuflar (Demokrit, Lukretsiy Kar va boshqalar) qo'rquv, tahlika hissi dinga ishonish manbai bo'lgan deyishgan. B.Spinoza, L.Feyerbax singari mutafakkirlar ham dinga shunday yondoshish tarafdorlari bo'lishgan. Chunonchi, L.Feyerbax o'zining «Dinning mohiyati to'g'risida lektsiyalar», «xristianlikning mohiyati» degan asarlarida dinning paydo bo'lish sabablarini «Qaramlik hissi va qaramlik anglashilishi»dan qidirish lozimligini, dinni tushuntirib berish uchun «qo'rquv» singari salbiy his-tuyg'ularnigina emas, balki «quvonch», «minnatdorchilik», «muhabbat» va «e'zozlash» singari ijobiy tuyg'ularni ham e'tiborga olish lozimligini ta'kidlagan edi. Bu bilan L.Feyerbax dinning mohiyatini insonning mohiyatidan iborat qilib qo'yadi. Lekin insonning mohiyati ayrim odamga xos bo'lgan mavhum emas, balki haqiqat holida u hamma ijtimoiy ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.37 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.37 KB
Ko'rishlar soni
167 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx