Dinshunoslik faniga kirish. Dinning ibtidoiy shakllari. Reja: Dinshunoslik fanini o'qitishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad. Dinning paydo bo'lishi haqidagi fikrlar. Ibtidoiy diniy ong asoslari. Odamzot jamiyat bo'lib yashashigacha bo'lgan davri. O'rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari. Dinshunoslik fanini o'qitishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng mamlakatda demokratik huquqiy jamiyat qurish yo'lida jamiyatning ijtimoiy siyosiy hayotida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. 1992 - yilda mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi va uning asosida fuqarolarning vijdon va e'tiqod erkinliklarini kafolatlovchi qator qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarning oliy qadriyat ekanligi bayon etilib, fuqarolarning vijdon, matbuot, so'z va fikr erkinliklari qat'iy kafolatlab berildi. Mamlakatda yashayotgan turli millat va elatlarning, xususan, tub aholining muqaddas islom diniga bo'lgan e'tiqodlari yuqori ekanligini e'tiborga olib, vijdon erkinligini ta'minlashga qaratilgan qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Islom tarixida o'chmas iz qoldirgan hadis va fiqh ilmining tengsiz namoyandalari Imom al-Buxoriy, Xoja Bahouddin NAQSHband, Abduxoliq G'ijduvoniy, Imom at-Termiziy, Imom Moturudiy, Ahmad Farg'oniy, Muhammad az-Zamaxshariy, Burhoniddin Marg'inoniy va boshqa ko'plab allomalarning qadamjolari obodonlashtirilib, muazzam ziyoratgohlarga aylantirildi: ularning ilmiy merosini tiklash va o'rganish, xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o'tkazildi. Islom dinini chuqur o'rganishlari uchun sharoit yaratish maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Instituti, Toshkent Islom Universiteti va o'ndan ortiq o'rta ta'lim islom bilim yurtlari tashkil etildi. Dinshunoslik fani ham mustaqillik yillaridan boshlanib oliy o'quv yurtlari dasturiga kiritildi va alohida fan sifatida o'qitila boshlandi. Har qanday o'quv kursining maqsad va vazifalari bo'lganidek, Dinshunoslik kursining ham maqsad va vazifalari mavjud. Dinshunoslik fanini o'qitish va o'rganishning vazifasi quyidagilardan iborat: dinshunoslikni o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinadi; talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his-tuyg'ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. Dinni qo'pol (ateistik ruhda) tanqid qilish yoxud diniy va'zxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo'yish qonunga zid ekanligi e'tiborga olinadi; dinshunoslikdan ma'ruza, amaliy (seminar) mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish jarayonida faqat o'quv qo'llanmasi, risolalarda muayyan mavzuga oid keltirilgan g'oya, fikr-mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki diniy matnlar, birlamchi manbalar, muqaddas kitoblar asosida tahlil qilinmog'i maqsadga muvofiqdir; talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o'zlashtirishlariga erishish ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o'z shaxsiy fikrlariga ega bo'lishlarini ta'minlaydi; ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan xatti-harakatlarining davlat qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash imkoniyatini shakllantirishi lozim; mustaqil O'zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.5 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.5 KB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: doc