Dinning tarixiy shakllari va mohiyati

Dinning tarixiy shakllari va mohiyati

O'quvchilarga / Dinshunoslik
Dinning tarixiy shakllari va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

DIN,DINNING TARIXIY SHAKLLARI VA MOHIYATI. R e j a : 1. Din va diniy jamoa tushunchalari. 2. Ibtidoiy dinlarning shakllari. 3. O'rta Osiyo xalqlari tarixida din. DIN VA DINIY JAMOA TUSHUNCHALARI. «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko'p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. DIN tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. E'TIQOD so'zi ham arab tilidan kirib kelgan bo'lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini anglatadi. Demaq diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslaq ishonish tushuniladi. Iloo'iyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan «din», «diniy e'tiqod» tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo'lgan, uni go'yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «to'g'ri», «haqiqiy», «odil» hayot yo'llarini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslaq qarashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. Islomgacha «din» so'zining o'rniga «tangri yo'li», «unga ishonch» iboralari qo'llanilgan bo'lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo'lgan diniy e'tiqodlariga binoan «tangri» butun olamni, insonni yaratgan, «yuksaklik», «eng baland», «bahaybat» degan ma'nolarni ham anglatgan. Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini o'rganishda minglab yillar mobaynida uning bag'rida qo'lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa, din bag'rida shakllangan ma'naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta'sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o'rganish va bu ma'naviy-axloqiy qadriyatlardan foydalanish ko'proq ahamiyatga ega bo'lmoqda. Ma'lumki, diniy olng ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma'naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog'liq. Ijtimoiy hayot jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan ko'rinishi bo'lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot darajasiga asoslanadi. Demaq ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi jihatdan, jamiyat a'zolari orasidagi o'zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in'ikosidir. Dindor o'z tasavvurida o'zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa bog'lanish o'rnatadi. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy qismlar bir-birlari bilan uzviy bog'liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.24 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Dinshunoslik
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.24 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga