Dinning tarixiy shakllari. RYeJA 1. Markaziy Osiyoda islomgacha qanday diniy tasavvurlar mavjud bo'lgan? 2.Urug'-qabila dinlari 3.Zardushtiylik dining mohiyati 4.Monizim,Manixiylik. Tayanch so'z va iboralar: Fetishizm, Totemizm, Animizm, Shamanizm, Afsungarlik ,Zardushtiylik, Avesto, «Iloh» , Axura-Mazda, «Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal», Monizim ,Manixiylik Islomgacha bo'lgan davrda dinlarning rivojlanishi va jamiyat ma'naviy hayotida tutgan o'rni. O'tmishda mintaqamiz, jumladan, hozirgi O'zbekiston hududida turli o'ziga xos diniy qarashlar va unga asoslangan urf-odat va an'analar mavjud bo'lgan. Xususan, tadqiqotchilar O'zbekistondagi ibtidoiy dinlar sifatida fetishizm, totemizm, animizm, shamanizm, magiya va sehrgarlik turlarini sanab o'tadilar. Fetishizm (fr. fetiche - «but», «sanam», «tumor», umuman muqaddas buyum) mohiyatan tabiatdagi jonsiz narsalarga sig'inish hisoblanib, unga ko'ra, alohida buyumlarda kishini o'z maqsadiga erishtirish, malum voqea-hodisalarni o'zgartirish qudrati mavjud bo'ladi. Bunday e'tiqod shaklini ibtidoiy davr insonining bilimsizligi bilan emas, balki o'z hayotini muayyan darajada tartibga solish, unga mano-mazmun bag'ishlash, olamdagi o'z o'rnini aniqlash, unga bo'lgan munosabatini oydinlashtirishga intilishining hosilasi deb qarash o'rinli bo'ladi. Bu kabi e'tiqod shakllarini, albatta, jahon dinlariga tenglashtirib bo'lmaydi. Chunki ularda mazkur dinlarga xos bo'lgan va hayotning deyarli barcha-ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ruhiy jihatlarini qamrab olishga qaratilgan tizim yo'q. Fetishizmning unsurlari hozirgi davrda ham xalqlarning urf- odat va an'analarida, turli tumor, ko'zmunchoq va har xil ramzlarga bo'lgan munosabatida saqlanib qolganki, bundan o'z davrida u kishilar hayoti, dunyoqarashi va xulqini belgilashda nechog'li muhim ahamiyat kasb etgani haqida xulosa chiqarish mumkin. Totemizm (Shimoliy Amerikada yashagan Ojibva hindu qabilasi tilidan olingan bo'lib, «uning urug'i» manosini anglatadi) mohiyatan «odamning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor», deb e'tiqod qilishdir. Ushbu e'tiqod shakliga ko'ra, faqat bazi diniy marosimlarda ruhoniylar yoxud qabila boshliqlarigina totemni eyishlari mumkin bo'lganini etiborga olmaganda, totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni ozuqa sifatida istemol qilinishi taqiqlangan. Hozirda ham ko'plab xalqlarda totemizmning unsurlari saqlanib qolgan. Hindlarda sigirni muqaddaslashtirish, qirg'izlarda oq bug'uning afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug'lanishi kabi ko'rinishlarda uchraydigan bunday unsurlar bugungi kunda ham kishilar dunyoqarashi, ma'naviyatida sezilarli o'rinni egallab kelmoqda. Animizm (lotincha «anima» - «ruh», «jon» manolarini anglatadi) ruhlarga sig'inish, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o'simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk diniy qarashlar shakllaridan biri hisoblanadi. Animizmda tabiatning qudratli kuchlarini - osmon va Yer, Quyosh va Oy, yomg'ir va shamol, momaqaldiroq va chaqmoq kabilar ilohiylashtirilib, ularda ruh mavjud deb bilingan. Ayni paytda, animizm doirasida relefning ayrim alohida qismlari - tog'lar va daryolar, adir va o'rmonlar kabi odam etiborini tortuvchi narsa va jismlarga ham ilohiy munosabatda bo'linib, hatto, ko'p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklarga o'xshash ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 07:06:31
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.69 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 07:06 ]
Bo'lim
Dinshunoslik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.69 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:39 ]
Arxiv ichida: docx